19:06 / 21.03.2021
2 532

Lutfulla To‘rayev va yana 6 futbolchi MTJ yig‘inida ishtirok etmaydi

Lutfulla To‘rayev va yana 6 futbolchi MTJ yig‘inida ishtirok etmaydi
Xabaringiz bor, 22-30-mart oralig‘idagi FIFA kunlarida O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini tashkil etadi.
Ushbu yig‘in davomida vakillarimiz Gana va Iroq bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi.

Terma jamoaga chaqirilgan bir necha nafar futbolchi Superliga bahslarida o‘z klubi safida jarohat olganligi sababli, mazkur o‘rtoqlik o‘yinlarini o‘tkazib yuboradigan bo‘ldi.

Eldorbek Suyunov, Yegor Krimes, Hojiakbar Alijonov, Lutfulla To‘rayev, Sardor Sobirxo‘jayev, Abrorbek Ismoilov, Temurxo‘ja Abduxoliqov o‘rniga murabbiylar shtabi Milliy jamoamiz safiga Iskandar Shaykulov ("So‘g‘diyona"), Anzur Ismoilov ("Paxtakor") va Javohir Qahramonovni ("So‘g‘diyona") jalb etishdi.

Shuningdek, MTJ murabbiylar shtabida ham o‘zgarish ro‘y berdi. Anvar G‘ofurov yordamchi murabbiy sifatida Vadim Abramovga ko‘maklashib boradigan bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, ertaga terma jamoamiz "Paxtakor" stadionida to‘liq tarkib bilan mashg‘ulotlarga kirishadi", - deb xabar bermoqda O‘FA matbuot xizmati.

Darvozabonlar: Abduvohid Ne’matov ("Nasaf"), Javohir Ilyosov ("Lokomotiv")
Himoyachilar: Islomjon Qobilov ("Lokomotiv"), Ibrohimhalil Yo‘ldoshev ("Paxtakor"), Murod Xolmuhammedov ("Qo‘qon-1912"), Farruh Sayfiyev ("Paxtakor"), Sanjar Qodirqulov ("Lokomotiv"), Islom To‘xtaxo‘jayev ("Qizilqum"), Azimjon Ahmedov ("Navbahor"), Anzur Ismoilov ("Paxtakor"), Iskandar Shaykulov ("So‘g‘diyona").
Yarim himoyachilar: Hojimat Erkinov ("Paxtakor"), Oybek Bozorov ("Nasaf"), Odiljon Hamrobekov ("Shabab Al Ahli", BAA), Otabek Shukurov ("Sharja", BAA), Jaloliddin Masharipov ("Shabab Al Ahli", BAA), Humoyunmirzo Iminov ("Paxtakor"), Sanjar Shoahmedov (AGMK), Sardor Rashidov ("Paxtakor"), Dostonbek Hamdamov ("Xatta", BAA), Oston O‘runov ("Ufa", Rossiya), Javohir Qahramonov ("So‘g‘diyona").
Hujumchilar: Eldor Shomurodov ("Jenoa", Italiya), Shahzodbek Ubaydullayev ("Shaxtyor Soligorsk", Belarus, Igor Sergeyev ("Aktobe", Qozog‘iston).

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi mart oyidagi FIFA kunlari doirasida ikkita o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi. 26 mart kuni Namanganda Gana B terma jamoasi mehmon bo‘lsa, 29 mart kuni Toshkentda Iroqqa qarshi bahs bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Lutfulla To‘rayev va yana 6 futbolchi MTJ yig‘inida ishtirok etmaydi