08:00 / 22.03.2021
2 146

Fergyuson Nurmagomedov qaroriga munosabat bildirdi

Fergyuson Nurmagomedov qaroriga munosabat bildirdi
Foto: «Jerry Lai / Reuters»
Amerikalik aralash uslubdagi jangchi (MMA) Toni Fergyuson Habib Nurmagomedovning karerasini yakunlash to‘g‘risidagi qaroriga munosabat bildirdi. Sportchi Twitterda rossiyalikning menejeri Ali Abdul-Aziz postiga izoh qoldirgan.

AQSHlik sportchi UFC chempionini haqoratlab, uni qo‘rqoqlikda aybladi. Shuningdek, u sportni tark etganidan so‘ng Nurmagomedov ruhan unga taslim bo‘lganini aytdi.

19 mart kuni UFC rahbari Deyna Uayt rossiyalik sportchi Habib Nurmagomedov karerasini rasman tugatganini e’lon qilgandi. Endi bo‘shab qolgan yengil vaznda UFC chempionlik unvoni uchun Maykl Chandler va Charlz Oliveyra kurash olib borishadi.

Nurmagomedov 29 ta jangda 29 g‘alabaga erishgan: shulardan 13 tasini UFCda amalga oshirgan. Uning vaqtinchalik chempionlik kamariga egalik qilgan Fergyuson bilan jangi turli sabablarga ko‘ra besh marta bekor qilingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Fergyuson Nurmagomedov qaroriga munosabat bildirdi