22:20 / 22.03.2021
3 904

Humo Arena’da bo‘lib o‘tadigan katta boks oqshomi chiptalari narxi ma’lum bo‘ldi

Humo Arena’da bo‘lib o‘tadigan katta boks oqshomi chiptalari narxi ma’lum bo‘ldi
Foto: DAZN
Toshkentdagi Humo Arena’da 3 aprel, shanba kuni katta professional boks kechasi bo‘lib o‘tadi.

Unda bir qator o‘zbekistonlik mashhur bokschilar professional ringdagi navbatdagi jangini o‘tkazadi. Musobaqaning asosiy jangi ikkinchi yarim yengil vazn (-55,34 kg) toifasida WBA va IBF kamarlari sohibi Murodjon Ahmadaliyev (7-0, 6 KO) va yaponiyalik Ryosuke Ivasa (27-3, 17 KO) ishtirokida bo‘lib o‘tadi.

3 aprel kuni soat 18:00 boshlanadigan boks kechasining chiptalari iTicket.uz saytida sotuvga chiqdi. Eng arzon chiptalar narxi 50 ming so‘mni tashkil qiladi. Narxlar 550 ming so‘mga qadar oshib boradi.

Shuningdek, mazkur boks kechasida Isroil Madrimov, Shahram G‘iyosov, Hasanboy Do‘stmatov, Iqboljon Xoldorov, Mirazizbek Mirzaxalilov, Bahodir Jalolov, Elnur Abduraimov va Sanjar Tursunov kabi nomdor o‘zbekistonlik bokschilar jang o‘tkazadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Humo Arena’da bo‘lib o‘tadigan katta boks oqshomi chiptalari narxi ma’lum bo‘ldi