11:50 / 25.03.2021
755

Diyego Bardanka: Sekeyraning qo‘l ostida shug‘ullanish universitetda ta’lim olishga o‘xshaydi

Diyego Bardanka: Sekeyraning qo‘l ostida shug‘ullanish universitetda ta’lim olishga o‘xshaydi
"Lokomotiv" jamoasining ispaniyalik himoyachisi Diyego Bardanka "temiryo‘lchilar"ning chempionat startidagi muvaffaqiyatsizliklariga munosabat bildirdi:

"Ochig‘i, bu vaziyat haqida ko‘p o‘ylayapman. Men faoliyatimdagi eng kuchli murabbiy bilan ishlayotganimni his qilmoqdaman. U bilan mashg‘ulot o‘tkazish universitetga borishga o‘xshaydi: har kuni yangi narsalar, o‘yin konsepsiyalarini o‘rganish mumkin. Biz chiroyli futbol namoyish etmoqdamiz, ammo natijalar yaxshi emas. Buni izohlab berishim qiyin, futbol ba’zida juda adolatsiz.

Biz qattiq mehnat qilyapmiz. Ammo hamon rivojlantirishimiz kerak bo‘lgan jihatlar bor. Ayniqsa, dastlabki daqiqalarda o‘tkazib yuborilayotgan gollar o‘yin ssenariysini o‘zgartirib yuboryapti. Biroq, jamoaning so‘nggi daqiqalargacha kurashayotganidan xursandmiz.

Ushbu holatdan chiqib ketishning yagona yo‘li o‘zimizga bo‘lgan ishonchni qo‘ldan boy bermaslik, juda qattiq mehnat va bahonalarni chetga surib qo‘yish. Mehnat, mehnat va yana mehnat
", - deydi Bardanka.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Sport » Diyego Bardanka: Sekeyraning qo‘l ostida shug‘ullanish universitetda ta’lim olishga o‘xshaydi