12:43 / 25.03.2021
1 869

Vadim Abramov nega Yevropadan raqib tanlanmaganiga oydinlik kiritdi

Vadim Abramov nega Yevropadan raqib tanlanmaganiga oydinlik kiritdi
Xabaringiz bor, 26 mart kuni O‘zbekiston va Gana terma jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkaziladi. Namangandagi "Markaziy" stadionida bo‘lib o‘tadigan o‘yin 18:00 da start oladi.

Bugun ushbu bahs oldidan matbuot anjumani tashkil etildi. Uning ikkinchi qismida O‘zbekiston MTJ bosh murabbiyi Vadim Abramov ishtirok etdi va quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi:

"FIFA kunlaridan unumli foydalanishga harakat qilyapmiz. Pandemiya tufayli ancha rejalar o‘zgarib ketdi. Yevropadagi terma jamoalar bilan muzokara o‘tkazishimiz mumkin edi, biroq ularda hozir Jahon chempionati saralash uchrashuvlari bo‘lib o‘tmoqda. Shuning uchun, Afrikadan raqib tanlashga qaror qildik.

Gana kuchsiz raqib emas. Ular Afrikaning 5 karra chempioni hisoblanadi. Ular Toshkentga qanday tarkib bilan kelganidan qat’i nazar, kuchli raqib deb hisoblayman. Biz ham so‘nggi uchrashuvlarni legionerlarsiz o‘tkazdik. Bu jihatdan olib qaraganda, raqibning juda katta farqi yo‘q. Muhimi, bizning yaxshi tayyorgarlik ko‘rishimiz
".

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Vadim Abramov nega Yevropadan raqib tanlanmaganiga oydinlik kiritdi