13:30 / 26.03.2021
2 121

Parfe Bizoza: Oston O‘runov «Ufa»da moda qiroli

Parfe Bizoza: Oston O‘runov «Ufa»da moda qiroli
Foto: Instagram
«Ufa» yarim himoyachisi Parfe Bizoza jamoadoshi Oston O‘runovning kiyinish uslubi haqida gapirdi.

— O‘runovning mashhur kiyim brendlari qurshovida tushgan surati turli memlarga sabab bo‘ldi. Kiyinish xonasida bu borada hazil qilinadimi?
— Bu borada uning ustidan kulishganini ko‘rmadim. Biroq u «Ufa»da moda qiroli, bu ko‘rinib turadi. Uning kiyinish uslubi juda yaxshi va kiyim javonida ajoyib narsalar bor. Menimcha, kiyinish uslubi borasida undan o‘rganadigan jihatlarim bor.

Biroq men Gucci’ni Gucci bo‘lgani uchun sotib olmayman. Agar menga qandaydir buyum yoqsa, uni brenddan qat’i nazar sotib olaman. Sen o‘zing xohlagan narsani kiyasan, boshqalarga yoqadiganini emas. Ostonga keladigan bo‘lsak, ishonchim komil, bu kiyimlar unga shunchaki yoqadi, Oston ularda o‘zini qulay his qiladi, — deydi Bizoza.

O‘zbekistonlik futbolchi «Spartak»ka o‘tganidan hech qancha vaqt o‘tmay Instagram sahifasida qimmatbaho kiyimlar sotib olgani tasvirlangan suratni e’lon qilgan va keyinroq uni o‘chirib yuborgandi. Bu ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Parfe Bizoza: Oston O‘runov «Ufa»da moda qiroli