08:30 / 28.03.2021
2 472

Dillian Uayt revansh jangida Aleksandr Povetkinni dahshatli nokautga uchratdi

Dillian Uayt revansh jangida Aleksandr Povetkinni dahshatli nokautga uchratdi
Foto: Matchroom
Professional boksning og‘ir vazn (+90,7 kg) toifasi vakillari Aleksandr Povetkin (36-3-1, 25 KO) va Dillian Uayt (27-2, 19 KO) Toshkent vaqti bilan 28 mart, yakshanba kuni Gibraltardagi Europa Point Sports Complex majmuasida o‘zaro to‘qnash keldi.

Povetkin va Uayt o‘rtasidagi revansh jangi 4-raunddayoq yakuniga yetdi. Britaniyalik bokschi 4-raund so‘ngida ketma-ket o‘ta kuchli zarbalar yo‘llab rossiyalik raqibini dahshatli nokautga uchratdi va g‘alabani o‘ziniki qildi.

Qayd etish joiz, tomonlarning 2020 yilning avgustida bo‘lib o‘tgan dastlabki jangida Povetkin Uaytni nokaut evaziga taslim etgandi. Dillian Uayt ushbu g‘alaba orqali WBC yo‘nalishida vaqtinchalik chempion maqomini qo‘lga kiritdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Dillian Uayt revansh jangida Aleksandr Povetkinni dahshatli nokautga uchratdi