20:06 / 29.03.2021
1 718

O‘zbekiston ilk bor Iroqqa Toshkentda imkoniyatni boy berdi

O‘zbekiston ilk bor Iroqqa Toshkentda imkoniyatni boy berdi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi mart oyidagi yig‘in doirasida ikkinchi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi. Iroqni qabul qilgan vakillarimiz 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.

O‘yinni faol boshlagan "oq bo‘rilar" bir necha xavfli vaziyatlar yaratdi va raqib darvozasi qarshisida sarosima yuzaga keltirdi. Ammo 56-daqiqada mehmonlar hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Sherlo Karim Latifning jarima maydoni ichidan yo‘llagan zarbasidan keyin Ne’matov to‘pni qaytara olmadi.

Shu tariqa, Abramov shogirdlari ikkinchi nazorat uchrashuvida yutqazi. Eslatib o‘tamiz, 26 mart kuni bosh jamoamiz Ganadan tashrif buyurgan raqiblarini 2:1 hisobida mag‘lub etgandi.

O‘zbekiston - Iroq 0:1
GOL:
56 - Sherko Karim Latif 0:1
O‘zbekiston: 12.Abduvohid Ne’matov, 4.Farruh Sayfeiv, 20.Islom To‘xtaxo‘jayev, 21.Azim Ahmedov, 3.IbrohimHalil Yo‘ldoshev, 19.Otabek Shukurov, 9.Odil Hamrobekov, 6.Oston O‘runov, 7.Sardor Rashidov, 10.Jaloliddin Masharipov, 14.Eldor Shomurodov.
Zaxira: 1.Javohir Ilyosov, 2.Islomjon Qobilov, 5.Iskandar Shaykulov, 8.Oybek Bozorov, 11.Igor Sergeyev, 13.Sanjar Qodirqulov, 15.Murod Xolmuhammedov, 17.Dostonbek Hamdamov, 18.Shahzod Ubaydullayev, 22.Javohir Sidiqov, 23.Hojimat Erkinov.
Iroq: 12.Jalol Hassan, 2.Ahmed Ibrohim, 5.Ali Fayoz, 7.Safaa Xadi, 8.Hussayin Ali, 9.Ibrohim Bayesh, 11.Humam Tariq, 13.Bashar Resan, 14.Amjed Atvan, 15.Durgam Ismoil, 17.Alaa Mhavi.
Zaxira: 1.Fahad Tolib, 20.Ahmad Basil, 3.Mustafo Musluhi, 4.Mustafo Maan, 6.Faysal Jasim, 10.Alaa Abdul Zahro, 16.Sherko Karim Latif, 18.Muhammad Davud, 19.Mug‘ammad Qosim, 21.Hasan Rayed, 22.Ahmad Hamid, 23.Maytam Al Farttusi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston ilk bor Iroqqa Toshkentda imkoniyatni boy berdi