1 123
Masharipov: "Iroq bitta gol urib butunlay himoyaga yotib oldi. Rasmiy o‘yinlarda hammasi zo‘r bo‘ladi"

O‘zbekiston - Iroq (0:1) uchrashuvidan keyin terma jamoamiz a’zosi Jaloliddin Masharipov mikst zonada o‘z fikrlarini bildirdi.
"O‘ylashimcha bugungi o‘yin muxlislarga yoqdi. Kichkina xatodan keyin gol o‘tkazib yubordik. Tanaffusda ham yigitlar bilan gaplashib oldik. Shuncha hujum qilayapmiz, lekin himoyani unutish kerakmas, raqib bitta gol urib olsa himoyaga yotib oladi deb ogohlantirgandik. Iroq bitta gol urib butun jamoa bilan himoyaga yotib oldi. Imkoniyatlardan foydalana olmadik. Lekin unutmaslik kerakki bu o‘rtoqlik o‘yini, rasmiy o‘yinlarda bugungidek kichkina xatolardan xulosa chiqaramiz va gollar ham, g‘alabalar ham bo‘ladi deb o‘ylayman.
O‘yinda qaysi futbolchi gol urishining farqi yo‘q edi. Menimcha barchasi yaxshi, oldindagi uchta rasmiy o‘yinda hammasi zo‘r bo‘ladi", - deydi Jaloliddin Masharipov. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Jaloliddin Masharipov: Murabbiylar raqiblarni aldashim kerakligini aytishadi

Shota Arveladze: "Bizning yaxshi o‘yinlarimiz guruhdan chiqqanimizdan keyin ham davom etadi"

Jaloliddin Masharipov: "Stadion to‘lmaganiga o‘zimiz aybdormiz" (video)

Iroq bilan o‘yinda Shomurodov, Krimets va Masharipov jarohat oldi. Ularning holati qanday?

Masharipov: «Raqib kim bo‘lishidan qat’iy nazar har bir o‘yinga jiddiy tayyorgarlik ko‘ramiz»

Oʻzbekiston terma jamoasi futbolchisi 6 oyga chetlatildi