14:48 / 30.03.2021
2 244

Shomurodov: "Bunday o‘yin bilan rasmiy o‘yinlarda nimadir ko‘rsatish qiyinligini hamma tushunib turibdi"

Shomurodov: "Bunday o‘yin bilan rasmiy o‘yinlarda nimadir ko‘rsatish qiyinligini hamma tushunib turibdi"
O‘zbekiston - Iroq (0:1) uchrashuvidan keyin terma jamoamiz hujumchisi Eldor Shomurodov mikst zonada o‘z fikrlarini bildirdi.
- O‘yin haqida...
- O‘ylashimcha yetarlicha vaziyat qildik ammo foydalana olmadik. Anchadan buyon birga yig‘ilmagandik, bu jamoaviy o‘yin tomonlama sezildi. Saudiya Arabistonida bo‘ladigan o‘yinlardan oldin bu bizga o‘ziga xos dars bo‘ldi. Bunday o‘yin bilan rasmiy o‘yinlarda nimadir ko‘rsatish qiyinligini hamma tushunib turibdi. Lekin, xudo xohlasa saralash bahslarida hammasi boshqacha bo‘ladi va o‘yinimiz yaxshi tomonga o‘zgaradi.

- Iroq futbolchilarining vaqt cho‘zishi ham mag‘lubiyatga sabab bo‘ldimi?
- Arab jamoalariga qarshi o‘yinlarda vaqt cho‘zilishiga doim tayyor turish kerak. Bu biz uchun yangilik bo‘lmadi.

- Ikkita o‘yinda ham oldingi Eldor Shomurodovni ko‘rmadik. Bunga nima sabab bo‘ldi?
- Doim bahona qilish noto‘g‘ri bo‘ladi. Mendan ko‘p narsa kutishmoqda. Rasmiy o‘yinlarda xudo xohlasa o‘zimni yaxshi tomonlama ko‘rsatishga urinaman.

- Bir yo‘la uch himoyachi sizni qo‘riqladi...
- Uch himoyachi qo‘riqlasa ham vaziyatlar bo‘ldi, shunchaki gol ura olmadik.

- "Jenoa" asosan ikkita hujumchi bilan o‘ynaydi. Siz asosan orqaroqda o‘ynaysiz. Terma jamoa ham shunday bo‘lsa Sergeyev yoki Ubaydullayev siz bilan tandem bo‘lsa yaxshi emasmi?
- Bugun ham e’tibor bergan bo‘lsangiz ikki hujumchi bilan o‘ynadik. Men oldinda, Oston O‘runov orqaroqda harakat qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shomurodov: "Bunday o‘yin bilan rasmiy o‘yinlarda nimadir ko‘rsatish qiyinligini hamma tushunib turibdi"