21:30 / 30.03.2021
2 486

"JCH-2022" saralashi. Yaponiya raqibini 14:0 hisobida taslim qildi

"JCH-2022" saralashi. Yaponiya raqibini 14:0 hisobida taslim qildi
Bundan biroz avval “JCH-2022” Osiyo mintaqasi saralashining 8-turida “F” guruhi peshqadami Yaponiya safarda Mo‘g‘ulistonga qarshi bahs olib bordi.

O‘yin 0:14 hisobida yaponlarning o‘ta yirik hisobdagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Shu kuni o‘yindagi gollarni Takumi Minamino 13', Yuya Osako 23', 55', 90', Daiti Kamada 27', Morita 33', Xash-Erdene Tuya 39' (avtogol), Sho Inagaki 68', 90', Junya Ito 73', 79', Kyogo Furuxashi (78', 86') hamda Takuma Asano 90' kiritdi.

Ushbu o‘yindan so‘ng Yaponiya terma jamoasi o‘z hisobidagi ochkolar sonini 15 taga yetkazib oldi. Mo‘g‘uliston esa 3 ochko bilan guruhda so‘nggi o‘rinda bormoqda.

JCH—2022 saralashi
F guruhi

Mo‘g‘uliston—Yaponiya 0:14
Gollar:
0:1 — 13 Minamino, 0:2 — 23 Osakо, 0:3 — 26 Daiti Kamada, 0:4 — 33 Hidemasa Morita, 0:5 — 39 (avtogol) Xash Erdene Tuya, 0:6 — 55 Osako, 0:7 — 68 Inagaki, 0:8 — 73 Ito, 0:9 — 78 Furuhasi, 0:10 — 79 Ito, 0:11 — 86 Furuhasi, 0:12 — 90+1 Asano, 0:13 — 90+2 Osako, 0:14 — 90+3 Inagaki.

F guruhidagi holat

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "JCH-2022" saralashi. Yaponiya raqibini 14:0 hisobida taslim qildi