07:30 / 31.03.2021
1 632

O‘zbekiston FA va Vengriya FF mutasaddilari o‘zaro hamkorlik masalasida uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston FA va Vengriya FF mutasaddilari o‘zaro hamkorlik masalasida uchrashuv o‘tkazdi
Bugun O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasida bosh kotib Avaz Maksumov, texnik direktor Sergey Arslonov, O‘FA bo‘lim rahbarlari va Vengriya futbol federatsiyasi texnik direktori Robert Barsi ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.

Tomonlar ikki mamlakatda futbolni rivojlantirish, uning ommaviyligini kuchaytirish, bolalar futboli va ommaviy futbolni kengaytirish, ayollar va professional futbolchilarni tayyorlash, murabbiylar va turli yosh toifasidagi terma jamoalar saviyasini oshirish masalasidagi savollarni muhokama etdi. Bu borada har ikki taraf vakillari o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.

Uchrashuv yakunida ikki davlat futbol tashkilotlari mutasaddilari o‘zaro esdalik sovg‘alari almashib, kelgusida memorandum va hamkorlik bitimi imzolash maqsadida yana bir uchrashuv tashkil etish bo‘yicha kelishib oldilar.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston FA va Vengriya FF mutasaddilari o‘zaro hamkorlik masalasida uchrashuv o‘tkazdi