20:38 / 02.04.2021
1 442

Turning markaziy bahsida AGMK "Navbahor"ni mag‘lub etdi

Turning markaziy bahsida AGMK "Navbahor"ni mag‘lub etdi
O‘zbekiston Superligasi 4-turining markaziy o‘yini yakuniga yetdi. Olmaliqda "Navbahor"ni qabul qilgan AGMK 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuvning 26-daqiqasida Sanjar Tursunov penaltini aniq amalga oshirib, jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. Birinchi bo‘limning so‘nggi daqiqalarida Akrom Komilov jarima maydoni ichida to‘pni qo‘li bilan o‘ynadi va hakam 11 metrlik nuqtani ko‘rsatdi. Namanganliklar legioneri Stoyanovich nuqtadan zarba berishda adashmadi, 1:1.

O‘yinning 71-daqiqasida zaxiradan maydonga tushgan Shohruh Gadoyev G‘ofurovning ajoyib pasini golga aylantirib, jamoaning g‘alabasini ta’minladi.

AGMK – "Navbahor" 2:1
Gol:
26 - Sanjar Tursunov 1:0, 44 - Slavisha Stoyanovich 1:1, 71 - Shohruh Gadoyev 2:1

AGMK: 35. Valijon Rahimov - 77.Dilshod Ahmadaliyev, 15.Abbos Otaxonov, 7.Sardor Rahmonov, 2.Akrom Komilov - 23.Yovan Jokich, 17.Sanjar Tursunov, 4.Mirjamol Qosimov - 94.Elvin Fortes, 18.Aleksandr Kasyan, 11.Murod Toshmatov.
Zaxira: 32.Suhrob Sultonov - 8.Bobur Yo‘ldoshev, 9.Zafar Polvonov, 10.Husniddin G‘ofurov, 20.Mirg‘iyos Sulaymonov, 22.Sanjar Shoahmedov, 28.Shohruh Gadoyev.

"Navbahor": 1.O‘tkir Yusupov, 7.Azimjon Ahmedov, 10.Quvondiq Ro‘ziyev, 11.Islombek Isoqjonov, 17.Ehsoni Panshanbe, 19.Mirzohid G‘ofurov, 22.Igor Golban, 24.Davron Hoshimov, 67.Marko Putinchanin, 70.Abbos G‘ulomov, 88.Slavisha Stoyanovich.
Zaxira: 35.Rahimjon Davronov, 5.Xushnudbek Avilov, 8.Sardor Telyakov, 18.Bahrom Abdurahimov, 25.Shohruh Mahmudhojiyev, 28.Nikola Tasich, 95.Zabihillo O‘rinboyev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Turning markaziy bahsida AGMK "Navbahor"ni mag‘lub etdi