21:23 / 02.04.2021
1 873

Masharipovning benefisiga aylangan uchrashuvda "Shabab Al Ahli" irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi

Masharipovning benefisiga aylangan uchrashuvda "Shabab Al Ahli" irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi
BAA Pro-ligasi 23-turi doirasida "Shabab Al Ahli" o‘z maydonida "Al Fujayra"ni qabul qildi. Omadsiz boshlangan uchrashuv hamyurtimiz Jaloliddin Msharipovning benefisiga aylanib ketdi. Avvaliga jamoaning boshqa bir legioneri Igor Xesus oradagi farqni qisqartirdi.

Birinchi bo‘limning 39-daqiqasida mezbonlar ustozi Odil Hamrobekovning o‘rniga hujumkor futbolchini maydonga tushirishga qaror qildi.
https://championat.asia/upload/storage/628618_original.jpg
Keyin esa katta sahnaga Jaloliddin chiqdi. 52-daqiqada aynan Masharipovning uzatmasidan keyin Muhammad Juma muvozanatni tikladi. 79-daqiqada Jaloliddin chap qanotdan jarima maydonchasiga yorib kirdi va raqiblari orasidan o‘tib ketayotganida yiqitildi hamda hakam penalti belgiladi. Biroq Karlos Eduardo ushbu imkoniyatdan unumli foydalana olmadi. O‘yinning asosiy vaqti tugab borgani sari, muxlis va mutaxassislar bellashuv durang bilan yakunlanadi deb turgan bir pallada, Jaloliddin Masharipov burchakdan uzatilgan to‘pni boshi bilan darvozaga to‘g‘rilab qo‘ydi va jamoasiga irodali g‘alabani taqdim etdi.

"Shabab Al Ahli" - "Al Fujayra" 3:2
Gollar:
Igor Xesus 39`, Muhammad Juma Eid 52` (Jaloliddin Masharipov), Jaloliddin Masharipov 90` (Muhammad Juma Eid) — D. Koutino 3`, A. Ovolabi 32`.
Foydalanilmagan penalti: Karlos Eduardo 79`.

Ma’lumot uchun, Dubay klubi mazkur g‘alabadan keyin ochkolar sonini 43taga yetkazib, 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Masharipovning benefisiga aylangan uchrashuvda "Shabab Al Ahli" irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi