08:30 / 03.04.2021
1 637

Joel Dias: "Murodjon Ahmadaliyev o‘z vaznida eng kuchli pancher"

Joel Dias: "Murodjon Ahmadaliyev o‘z vaznida eng kuchli pancher"
Murodjon Ahmadaliyev kamarlarini yaponiyalik da’vogar Ryosuke Ivasadan himoya qiladi. Jang oldidan uning murabbi Joel Diasga ba’zi savollar bilan murojaat qildik.

- Avvalo O‘zbekistonga xush kelibsiz! Bilamizki, Murodjon Ahmadaliyev harakat qilayotgan birinchi yarim yengil vazn toifasida 1997-2000 yillarda Erik Morales, Marko Antonio Barrera kabi yulduz bokschilar harakat qilgan. Aytingchi hozirgi davrda ushbu vazndagilar mashhurlik borasida ular bilan raqobatlasha oladimi?

- Rahmat. Bu yerda bo‘lib turganimdan mamnunman! Savolga keladigan bo‘lsak, hozir ham ularning darajasiga chiqa oluvchi bokschilar bor deb o‘ylayman. Ushbu vaznda faoliyat olib borayotgan Luis Neri, Stefan Fulton, Brendon Figeroa kabi kuchli bokschilar o‘sha avlod kabi mashhurlikka erisha oladilar. Bu vaznda raqobat juda katta. Morales va Barreralar o‘tmishga aylandi. Kelajak esa hozirgi avlod qo‘lida.

- Aytingchi, hozirgi ushbu vazndagi bokschilardan qay birining uslub jihatdan o‘sha mashhur Marko Antonio Barreraga o‘xshash deb bilasiz?

- Barrera zarbasi kuchli, nokautchi bokschi bo‘lgan. Bu borada albatta, Ahmadaliyevni e’tirof etgan bo‘lar edim. Murodjon Ahmadaliyev o‘z vaznida eng kuchli "pancher". Garchi, yengil vaznda nokautlar qilish qiyin bo‘lsa-da, Murodjonda boshqalarga nisbatan kuchli zarba bor. Aynan, ushbu jihatlar uning Barreraga o‘xshashligini ko‘rsatib beradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Joel Dias: "Murodjon Ahmadaliyev o‘z vaznida eng kuchli pancher"