09:30 / 03.04.2021
1 989

Bugun "Jenoa"ni muhim o‘yin kutib turibdi (taxminiy tarkib)

Bugun "Jenoa"ni muhim o‘yin kutib turibdi (taxminiy tarkib)
Bugun Italiya A Seriyasi 29-tur uchrashuvilariga start beriladi. Unda o‘zbek futbol ixlosmandlari kuzatib borayotgan "Jenoa" klubi o‘z maydonida "Fiorentina"ni qabul qiladi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 18:00 da start oladi.

Mazkur jamoalar turnir jadvalida yonma-yon joylashgan va bu o‘yin intrigasi yuqori bo‘lishiga xizmat qilishi shubhasiz. 31 ochko to‘plagan genuyaliklar 13-o‘rinda bormoqda. Ulardan 2 ochko kamroq jamg‘argan florensiyaliklar esa, bugungi raqibni izma-iz ta’qib qilib kelmoqda.

Katta ehtimol bilan, ushbu bellashuvda Eldor Shomurodov asosiy tarkibdan o‘rin egallaydi. Bosh murabbiy tomonidan kengaytirilgan tarkibga kiritilgan hamyurtimiz o‘zini ko‘rsatishi lozim. Xorij OAV Shomurodov dastlabki daqiqalardan maydonga tushishini taxmin qilmoqda.

Ushbu jamoalarning so‘nggi 5 uchrashuvida "grifonlar" kichik ustunlikka ega. O‘tkazilgan 4 o‘yinda tomonlar durangga imzo chekkan bo‘lsa, bir bahsda genuyaliklarning qo‘li baland kelgan. Ertangi bellashuvda nima bo‘lishini esa, ertaga bilib olamiz...

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bugun "Jenoa"ni muhim o‘yin kutib turibdi (taxminiy tarkib)