20:43 / 03.04.2021
1 736

"Nasaf" Qarshida "Turon"ni yirik hisobda taslim qildi

"Nasaf" Qarshida "Turon"ni yirik hisobda taslim qildi
Superliga 4-turi doirasidagi "Nasaf" - "Turon" bahsi o‘z nihoyasiga yetdi. O‘ta shiddatli kechgan bahs qarshiliklarning 3:0 hisobidagi yirik g‘alabasi bilan yakunlandi.

Uchrashuvning 35-daqiqasida Murod Xo‘jamberdiyev jarima maydonchasi ichidagi palapartishlikdan unumli foydalangan holda hisobni ochgan bo‘lsa, 51-daqiqada Marko Stanoyevich jarimadan yo‘llagan ajoyib zarbasi bilan hisobni ishonchli ko‘rinishga keltirib qo‘ydi. 80-daqiqada standart vaziyatdan Sherzod Nasrullayev unumli foydalandi va hisobni yirik ko‘rinishga keltirib qo‘ydi. O‘yinning 87-daqiqasiga kelib esa Husayn Norchayev ham o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi va shu hisob o‘yin yakuniga qadar o‘zgarmadi - 4:0.

"Nasaf" – "Turon" - 4:0
Gol:
Murodbek Xo‘jamberdiyev 35, - 1:0 (Jo‘rabek Mannonov). Marko Stanoyevich 51, - 2:0. Sherzod Nasrullayev 80, - 3:0 (Marko Stanoyevich). Husayin Norchayev 86, - 4:0 (Suhrob Nurulloyev).

"Nasaf": 1.Umid Ergashev, 5.G‘olib G‘aybullayev, 6.Murod Xo‘jamberdiyev, 14.Shokir Yo‘ldoshev, 15.Jo‘rabek Mannonov (4.Husniddin Aliqulov, 78), 19.Husayin Norchayev, 22.Akmal Mozgovoy, 34.Sherzod Nasrullayev, 77.Oybek Bozorov (20.Suhrob Nurulloyev, 46), 88.Marko Stanoyevich, 92.Umar Eshmurodov.
Zaxira: 35.Abduvohid Ne’matov, 8.Dilshod Saitov, 25.Muxriddin Zoirov, 50.Shohmalik Komilov, 70.Abubakr-Rizo Turdialiyev.

"Turon": 96.Islom Abdullayev, 2. Abduqahhor Xojiakbarov, 3. Davronbek Umirov, 5. G‘iyosjon Komilov, 7. Kvame Karikari (11. Asilbek Qayumov, 67), 9.Jasur Hakimov (4. Asliddin Toshtemirov, 44), 17. Muzaffarjon Muzaffarov, 32. Jahongir Mehmonov, 43.Kim Boyong (23. Abdurahmon Abdulhaqov, 61), 55. Dayan Ponevich, 77. Bilolxon Toshmirzayev.
Zaxira: 87. Akmal Ortiqov, 8. Sunnatilla Ermatov, 20.Dostonbek Meliqo‘ziyev, 22. Abdulazizxon Abdurashidov, .

Ogohlantirishlar: Marko Stanoyevich 58, Abdurahmon Abdulhaqov 66, Suhrob Nurulloyev 66, Davron Umirov 68, Muzaffar Muzaffarov 70.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Nasaf" Qarshida "Turon"ni yirik hisobda taslim qildi