08:44 / 04.04.2021
1 699

Murodjon Ahmadaliyev kamarlarini munosib tarzda himoya qildi

Murodjon Ahmadaliyev kamarlarini munosib tarzda himoya qildi
Xabaringiz bor, "Humo Arena" sport majmuasida professional boks kechasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda 8 nafar hamyurtimiz o‘z janglarini o‘tkazdilar.

Jumladan Professional boks bo‘yicha ikkinchi yarim yengil vazn (-55,34 kg) toifasida WBA va IBF kamarlari sohibi Murodjon Ahmadaliyev (9-0, 7 KO) navbatdagi jangini o‘tkazdi.

Humo Arena’da bo‘lib o‘tgan boks kechasida Ahmadaliyev majburiy da’vogar Ryosuke Ivasaga (27-4, 17 KO) qarshi ringga ko‘tarildi.

Bellashuv Ahmadaliyevning faolligi bilan boshlandi. Dastlabki uch raund to‘liq Murodjonning ustunligida o‘tdi. To‘rtinchi raundga kelib yaponiyalik bokschi vaziyatni biroz o‘nglashga erishdi. Beshinchi raundda Ahmadaliyev zarbalar seriyasini ijro etdi va hakam jangni muddatidan avval jangni to‘xtatdi.

Ahmadaliyev mazkur g‘alabadan keyin o‘z kamarlarini himoya qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Murodjon Ahmadaliyev kamarlarini munosib tarzda himoya qildi