00:24 / 04.04.2021
2 111

8 jang, 6 nokaut, 2 debyut va chempionlik kamari himoyasi

8 jang, 6 nokaut, 2 debyut va chempionlik kamari himoyasi
Foto: Instagram/@worldofboxingpromotions
Musobaqada sakkiz nafar o‘zbekistonlik bokschi ringga ko‘tarildi va ularning barchasi o‘z jangini g‘alaba bilan yakunladi.

Kechaning asosiy jangi ikkinchi yarim yengil vazn (-55,34 kg) toifasida WBA va IBF kamarlari sohibi Murodjon Ahmadaliyev hamda majburiy da’vogar Ryosuke Ivasa o‘rtasida kechdi. Murodjonning ustunligida o‘tgan jangning beshinchi raundida hakam zarbalar seriyasidan keyin jangni to‘xtatdi va texnik nokaut qayd etdi. Bu orqali Ahmadaliyev dastlabki himoyani muvaffaqiyatli yakunladi.

Shu va boshqa janglar natijasi bilan tanishing:
- Murodjon Ahmadaliyev (9-0, 7 KO) 5-raunddagi nokaut evaziga Ryosuke Ivasani (27-4, 17 KO) mag‘lub etdi;
- Shahram G‘iyosov (11-0, 9 KO) uchinchi raundda Patrisio Lopes Morenoni (28-5, 20 KO) nokautga uchratdi;
- Isroil Madrimov (7-0, 5 KO) hakamlar qaroriga ko‘ra (100-89, 99-90, 98-92) Emmani Kalombodan (14-1, 14 KO) ustun keldi;
- Mirazizbek Mirzaxalilov (1-0, 1 KO) ikkinchi raunddayoq Tasha Mjuajini (17-8-2, 5 KO) nokautga uchratdi;
- Bahodir Jalolov (8-0, 8 KO) ikkinchi raunddagi nokaut evaziga Kristaps Zuitsni (7-2-2, 7 KO) taslim etdi;
- Hasanboy Do‘stmatov (3-0, 3 KO) 2-raundda Muhsin Kizotani (11-3, 5 KO) nokautga uchratdi;
- Sanjar Tursunov (3-0, 1 KO) hakamlar qaroriga ko‘ra Ivan Yuxta (3-2-1, 2 KO) ustidan g‘alaba qozondi;
- Iqboljon Xoldorov (1-0, 1 KO) ikkinchi raundda Kulva Bushirini (13-6-1, 5 KO) nokautga uchratdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » 8 jang, 6 nokaut, 2 debyut va chempionlik kamari himoyasi