00:30 / 05.04.2021
1 012

Neymar PSJ bilan muzokaralarni to‘xtatdi. U «Barselona»ga qaytmoqchi

Neymar PSJ bilan muzokaralarni to‘xtatdi. U «Barselona»ga qaytmoqchi
Foto: Twitter
PSJ hujumchisi Neymar «Barselona»ga qaytishi mumkin, deb xabar bermoqda Marca nashri.

Manbaning xabariga ko‘ra braziliyalik futbolchi PSJ bilan shartnomani uzaytirish borasidagi muzokaralarni to‘xtatgan, boisi u Lionel Messi Kataloniya klubida qoladi degan fikrda.

Shuningdek, Neymarning «Barselona»ga jamoaga qaytish istagida ekanligi haqida xabar bergani aytilmoqda.
Qayd etish joiz, hujumchi 2013—2017 yillarda «ko‘k-anorranglilar» safida to‘p surib, 186 uchrashuvda 105 ta gol urgan.

29 yoshli Neymar 2020/21 yilgi mavsumda Fransiya chempionatining 13 uchrashuvida maydonga tushib, 6 ta gol urdi. Uning Parij klubi bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilgacha mo‘ljallangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Sport » Neymar PSJ bilan muzokaralarni to‘xtatdi. U «Barselona»ga qaytmoqchi