11:40 / 06.04.2021
2 553

Bahodir Jalolov "Gubernator Kubogi"da ishtirok etadi

Bahodir Jalolov "Gubernator Kubogi"da ishtirok etadi
Har yili Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida boks bo‘yicha "Gubernator Kubogi" musobaqasi o‘tkaziladi. "A" klassdagi musobaqalar sirasiga kiruvchi ushbu turnir, joriy yilning 19-24 aprelida bo‘lib o‘tadi.

Sankt-Peterburg boks federatsiyasi instagram ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida habar berilishicha, O‘zbekiston terma jamoasi safida Bahodir Jalolov ham turnirda ishtirok etadi.

- "Big Uzbek" bizga kelmoqda!

Bu yil Sankt-Peterburg gubernatori kubogida dunyoning eng kuchli bokschilari ishtirok etadi!
Sizni iloji boricha ular bilan tanishtirishga harakat qilamiz.

Olimpiadaga hozirdanoq tayyorgarlik ko‘rayotgan O‘zbekistonning umidli bokschisi Bahodir Jalolovdan boshlaymiz. U 2020 yil mart oyida Ammanda bo‘lib o‘tgan saralash turnirida g‘olib bo‘lib, Olimpiya o‘yinlarida qatnashish uchun litsenziyani qo‘lga kiritdi!

O‘z vatanida uni "yengilmas" deb atashadi va buning isboti ham bor!

Jalolov Jahon chempioni, ikki karra Osiyo chempioni va bu yil Bolgariyada bo‘lib o‘tgan nufuzli "Strandja" turnirida oltin medalni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi.

Professional faoliyati davomida Bahodir birorta ham jangda yutqazmagan va yaqinda Latviyalik raqibini ham ikkinchi raundda nokautga uchratib, buni yana bir bor isbotladi.

Uning bo‘yi 201 sm, qo‘llarining uzunligi 202. Endi tasavvur qiling-a, uning ishtirokida qanday ajoyib jang bo‘lib o‘tadi!

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bahodir Jalolov "Gubernator Kubogi"da ishtirok etadi