08:00 / 07.04.2021
2 755

Odil Ahmedov: U jamoani qutqaradi!

Odil Ahmedov: U jamoani qutqaradi!
O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Odil Ahmedov sobiq klubi “Krasnodar”ga belaruslik mutaxassis Viktor Goncharenkoning bosh murabbiy etib tayinlanganiga munosabat bildirdi.

- Goncharenko “Krasnodar”da vaziyatni o‘nglay oladi. U “Krasnodar”ga yordam berish uchun borini berishga tayyor tajribali murabbiydir. Bu klubda uning ishini kuzatish ancha qiziqarli bo‘ladi, - dedi Odil Ahmedov.

Goncharenko “Krasnodar” bilan 2023 yilning yozigacha shartnoma imzoladi. Bu mutaxassis avval BATE, “Kuban”, “Ufa” va SSKAni boshqargan. Moskvalik armiyachilarni 2016 yilda qabul qilib olgan Goncharenko joriy yilning mart oyida iste’foga chiqarilgan edi.

Odil Ahmedov “Krasnodar” safida 2014-2016 yillarda faoliyat olib borgan. Hamyurtimiz krasnodarliklar tarkibida 67 ta uchrashuv o‘tkazib, beshta gol urgan. Jamoasi bilan Rossiya premer-ligasining bronza medalini qo‘lga kiritgan.

O‘zbekistonlik legioner “Krasnodar”ning eng qimmatga sotilgan transferlari ro‘yxatida to‘rtinchi o‘rinda turadi. 2017 yili Xitoyning “Shanxay SIPG” jamoasi Odil Ahmedov uchun krasnodarliklarga 7 million yevro to‘lagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Odil Ahmedov: U jamoani qutqaradi!