23:26 / 07.04.2021
2 440

Viktor Jalilov: "Bugungi o‘yin durangga mos edi. Qolgan voqealar haqida esa gapirmayman"

Viktor Jalilov: "Bugungi o‘yin durangga mos edi. Qolgan voqealar haqida esa gapirmayman"
Superliganing beshinchi turidan o‘rin olgan "Navbahor" - "Paxtakor" (1:2) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Viktor Jalilov fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Juda qiyin va murakkab o‘yin bo‘ldi. O‘zbekistondagi eng kuchli tarkibli jamoaga qarshi maydonga tushdik. Bugungi o‘yin durangga mos edi. Biroq imkoniyatni boy berdik. Bugun futbolchilarimiz juda yaxshi harakat qilishdi. Gol urgandan keyin ham himoyaga yotib olishmadi. Bosimdan chiqib ketishga harakat qilishdi va gol ham urishdi. Qolgan voqealar haqida gapirmayman", - deydi Viktor Jalilov.

- Davron Hoshimov o‘z pozitsiyasida yaxshi o‘ynay olayotgani yo‘q. Shunday ekan Farhod Mirahmatov va Xushnud Avilovning asosiy tarkibda maydonga tushmayotganiga nima sabab bo‘lmoqda?
- Farhod Mirahmatov chap qanot himoyachisi. U faqat shu pozitsiyada o‘ynay oladi. Davron Hoshimov esa o‘ng tomonda o‘ynaydi. O‘ng qanot himoyachimiz Xushnud Avilovda jarohat bor. Hujumchilar muammosi esa nafaqat bizda, balki butun O‘zbekistonda mavjud. Bu terma jamoada ham o‘z so‘zini aytmoqda. Jiddiy o‘yinlarda markaziy hujumchini topa olmaysiz. Hozirgi kunda o‘yin taqdirini hal qiladigan sanoqli hujumchilarga egamiz. Mashg‘ulotlardagi harakatlaridan so‘ng futbolchilarni maydonga tushiramiz. Ularning bugungi holatidan kelib chiqib ish tutamiz.

- "Navbahor"da legionerlardan ko‘ra mahalliy yoshlarga e’tibor qaratish vaqti keldimi? Bugun legionerlarning o‘yinidan qoniqdingizmi?
- Hozir legioner yoki mahalliy futbolchini ajratmoqchi emasman. U yoshmi, yoshi o‘tib qolganmi, men uchun maydonga tushib, berilgan vazifani bajarib, "Navbahor" libosida yaxshi o‘yin ko‘rsatishi muhim. Jamoaning talabiga javob bera olishi ham kerak. Mashg‘ulotlarda o‘zini ko‘rsatganlar maydonga tushadi. Isoqjonov kichik jarohat olgani sabab uni almashtirishga majbur bo‘ldim.

Mag‘lubiyatga uchradikmi, demak bizga mahorat, sovuqqonlik yetishmadi. Qaysidir pallada omad ham. Nimadir yetishmadi. Kamchiliklarni muhokama qilamiz. Futbolchi almashtirish o‘yinning borishiga qarab amalga oshiriladi. Shuning uchun Tasich o‘yinga qo‘shildi. Igor Golbanning oldinda ko‘proq foydasi tegishini inobatga olib, uni oldinga o‘tkazib, Putinchaninni orqaroqqa o‘tkazdik. Xatolarni xotirjam tahlil qilamiz.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Viktor Jalilov: "Bugungi o‘yin durangga mos edi. Qolgan voqealar haqida esa gapirmayman"