06:30 / 08.04.2021
1 984

Chempionlar Ligasi. 5 ta gol urilgan o‘yinda PSJ «Bavariya»ni taslim etdi. «Chelsi» safarda «Portu»ni yengdi

Chempionlar Ligasi. 5 ta gol urilgan o‘yinda PSJ «Bavariya»ni taslim etdi. «Chelsi» safarda «Portu»ni yengdi
Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasining chorak final dastlabki uchrashuvlaridan o‘rin olgan navbatdagi ikki bahs 7 aprel, chorshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

«Bavariya» o‘z maydonida PSJni qabul qildi. O‘tgan yilgi finalchilar o‘rtasida kechgan bahsda parijliklarning qo‘li baland keldi. 3-daqiqada Kilian Mbappe Neymarning uzatmasidan keyin hisobni ochdi. 28-daqiqaga kelib esa Markinos oradagi farqni oshirdi. Oradan o‘n daqiqa o‘tar-o‘tmas Erik Shupo-Moting hisobni qisqartirishga erishdi. Jamoalar tanaffusga shu hisobda yo‘l oldi.

Ikkinchi bo‘limning 60-daqiqasida Tomas Myuller o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘yib, muvozanatni tikladi. Ammo 68-daqiqada Mbappe dublni rasmiylashtirgan holda o‘yinga yakuniy nuqtani qo‘ydi.

«Chelsi» mehmonda «Portu» bilan kuch sinashdi va Meyson Maunt hamda Ben Chiluellning gollariga evaziga ishonchli g‘alabaga erishdi.

Har ikkala juftlikning javob bahslari 13 aprel sanasiga belgilangan.

YECHL
1/4 final, dastlabki bahslari
7 aprel, chorshanba


«Bavariya» Germaniya – PSJ Fransiya 2:3
Gollar:
0:1 – 3 Mbappe, 0:2 – 28 Markinos, 1:2 – 37 Shupo-Moting, 2:2 – 60 Myuller, 2:3 – 68 Mbappe.
«Bavariya»: Noyer, Pavar, Lyuka Ernandes, Alaba, Zyule (Boateng, 42), Sane, Goretska (Devis, 33), Koman, Myuller, Shupo-Moting, Kimmix.
PSJ: Navas, Diallo (Bakker, 46), Markinos (Errera, 30), Dagba, Kimpembe, Guye, di Mariya (Kin, 71), Danilu Pereyra, Draksler, Mbappe, Neymar (Rafinya, 90).
Ogohlantirishlar: Lyuka Ernandes (35), Draksler (62), Kimmix (70), Boateng (72), Shupo-Moting (89).

«Portu» Portugaliya – «Chelsi» Angliya 0:2
Gollar:
0:1 – 32 Maunt, 0:2 – 85 Chiluell.
«Portu»: Marchesin, Manafa (Fransishku Konseysau, 83), Sanusi, Pepe, Mbemba, Korona, Otavio (Fabiu Viyeyra, 83), Marega (Toni Martines, 83), Uribe, Dias, Gruyich.
«Chelsi»: Mendi, Jeyms (Tiago Silva, 80), Aspilikueta, Kristensen, Chiluell, Maunt (Kante, 80), Kovachich (Emerson, 90), Havers (Jiru, 65), Jorjino, Ryudiger, Verner (Pulishich, 65).
Ogohlantirishlar: Mbemba (63), Gruyich (79).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Chempionlar Ligasi. 5 ta gol urilgan o‘yinda PSJ «Bavariya»ni taslim etdi. «Chelsi» safarda «Portu»ni yengdi