1 703
«Navbahor» – «Paxtakor» o‘yinidan keyin ichida hakamlar bo‘lgani aytilgan MTRK mashinasi hujumga uchradi

Superliga 5-turining markaziy o‘yini Namanganda o‘tkazildi. Mahalliy «Navbahor» klubi amaldagi chempion va turnir jadvali yetakchisi «Paxtakor»ni qabul qildi. O‘yinda Toshkent klubi 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. «Paxtakor» safida Dragan Cheran ikkita gol urgan bo‘lsa, Islom Isoqjonov yagona javob golini kiritdi.
Uchrashuvning oxirgi daqiqalari asabiy ruhda o‘tdi. «Paxtakor» g‘alaba golini 90-daqiqada penaltidan urdi. Bosh hakam Firdavs Norsafarov jarima maydonchasi ichida Sardor Rashidovga qarshi qo‘pollik ishlatildi deb topdi va penalti belgiladi. Bosh hakam avvaliga penalti belgilamadi, lekin VAR'ga murojaat qilgach, penalti bor degan qarorga keldi. Dragan Cheran penaltini sovuqqonlik bilan golga aylantirdi.
O‘yinning ikkinchi bo‘limi aynan penalti sabab 90+9-daqiqagacha cho‘zilib ketdi. O‘yin tugashi bilan esa Namanganda to‘polon boshlandi. Dragan Cheran penaltini golga aylantirgan vaqtdayoq namanganlik muxlislar stadionga tosh va boshqa buyumlarni uloqtirishni boshlagandi. O‘yin tugashi bilan hammasi yanada jiddiy ko‘rinish oldi. «Navbahor» muxlislari hakamlar guruhi ichida bo‘lgani aytilgan MTRK mashinasiga hujum qilishdi. Mashinaga zarar ham yetkazilgan. Hakamlarni himoya qilgan IIB xodimlari ham muxlislar hujumiga uchragan.
Ijtimoiy tarmoqlar namanganlik muxlislarning hakamlikdan norozilik bildirgan murojaatlariga to‘lib ketdi. Ulardan biri futbolning «kattalarini», xususan Ravshan Ermatovni hakamlikni nazorat qilishga chaqirgan. O‘yin tugashida maydondan chiqayotgan «Paxtakor» futbolchilariga ham tosh va boshqa buyumlar uloqtirilgan.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston chempionati 5-turidan keyin «Paxtakor» 15 ochko (100 foiz natija) bilan yetakchilik qilmoqda. «Navbahor» esa 4 ochko bilan 9-o‘ringa joylashgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring

— Shukhrat (@bankir2102) April 8, 2021

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Anchelotti: Ronalduning yagona xatosi «Yuventus» safiga o‘tgani bo‘ldi

Bugun futbol. «Nasaf» Qarshida Amirlik klubini qabul qiladi

«Paxtakor» aksiyalarining 80 foizi investorga sotiladi

Lionel Messi: Penalti bormidi? Bilmadim, men yiqildim va hech narsa ko‘rmadim

«Paxtakor» «Bunyodkor»ni engdi va birinchi o‘ringa qaytdi

Lionel Messi oxirgi 10 penaltidan 5 tasini golga aylantira olmagan