20:43 / 08.04.2021
2 360

"Paxtakor"ning OCHLdagi yana bir raqibi ma’lum bo‘ldi (taqvim)

"Paxtakor"ning OCHLdagi yana bir raqibi ma’lum bo‘ldi (taqvim)
OCHL pley-off o‘yinida Iroqning "Eyr Fors" klubi Saudiya Arabistonida "Al Vahda"ni penaltilar seriyasida mag‘lub etib, guruh bosqichiga yo‘llanma oldi. Shu tariqa, Piter Xyuistra guruhda Eron, Iroq va BAA klublari bilan to‘qnash keladigan bo‘ldi.

"V" guruhi bellashuvlari BAAning Sharja amirligida joylashgan "Sharja" stadionida o‘tkaziladi. Guruh o‘yinlari 14-29 aprel kunlari bo‘lib o‘tadi. Jamoamizning to‘rt bellashuvi mahalliy vaqt bilan 19:00da, Toshkent vaqti bilan 20:00da boshlanadi. "Sharja" bilan bahslar esa Toshkent vaqtiga 23:00da start olishi belgilangan.

14 aprel, 20:00
"Paxtakor" - "Traktor"

17 aprel, 20:00
"Eyr Fors" - "Paxtakor"

20 aprel, 23:00
"Sharja" - "Paxtakor"

23 aprel, 23:00
"Paxtakor" - "Sharja"

26 aprel, 20:00
"Paxtakor" - "Eyr Fors"

29 aprel, 20:00
"Traktor" - "Paxtakor"

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Paxtakor"ning OCHLdagi yana bir raqibi ma’lum bo‘ldi (taqvim)