23:08 / 09.04.2021
2 958

"Shabab Al-Ahli" finalda g‘alaba qozondi. Masharipovdan "Panenka" uslubida gol!

"Shabab Al-Ahli" finalda g‘alaba qozondi. Masharipovdan "Panenka" uslubida gol!
Fors ko‘rfazi kubogi final uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. "Sharja" o‘yingohida kechgan bahsda "Shabab Al-Ahli" penaltilar seriyasida "Al-Nasr" ustidan g‘alaba qozondi.

Finalni Jaloliddin Masharipov asosiy tarkibda boshlab, to‘liq harakat qildi. Odil Hamrobekov esa zaxirada qoldirildi.

Uchrashuvning asosiy daqiqasida jamoalar 0:0 hisobida durang o‘ynadi. So‘ngra g‘olib penaltilar seriyasida aniqlanadigan bo‘ldi. Seriyani ikki jamoa ham muvaffaqiyatsiz boshlaganiga qaramay, omad Masharipov jamoasiga kulib boqdi. Jaloliddin jamoasining so‘nggi goliga mualliflik qildi. U 11 metrlik zarbani "Panenka" uslubida ijro etdi.

Unda "Shabab Al-Ahli" jamoasining penaltilar seriyasidagi g‘alabasi kuzatildi. Qayd etish kerak, Jaloliddin Masharipov uchrashuvda to‘liq harakat qilib, penaltilar seriyasida gol urgan bo‘lsa, Odil Hamrobekov maydonga tushirilmadi.

"Shabab Al-Ahli" - "Al Nasr" 0:0 (pen. seriya 5:4)

Penaltilar:
Karlos Eduardo (noaniq, 0:0), Toze (noaniq, 0:0), Hamdan al-Kamoliy (1:0), Gabriel Valentini (1:1), Igor Jezus (noaniq, 1:1), Sebastyan Tagliabyue (1:2), Muhammad Juma (2:2), Mahmud Hamis (2:3), Yusuf Jobir (3:3), Rayan Mendes (noaniq, 3:3), Abdulaziz Sanqur (4:3), Yaqub al-Balushi (4:4), Jaloliddin Masharipov (5:4), Muhammad Ayid (noaniq, 5:4).

"Shabab Al-Ahli": Majid Nosir, Volid Abbos (Yusuf Jobir, 56), Abdulaziz Husayn, Muhammad Marzuq, Hamdan al-Kamoli, Karlos Eduardo, Majid Hassan, Federiko Kartabiya (Abdulaziz Sanqur, 87), Abdulloh al-Naqbi (Muhammad Juma, 69), Jaloliddin Masharipov, Igor Jezus.

"Al Nasr": Ahmad Shambix, Mahmud Xamis, Muhammad Ayid, Said Suvaydan, Glauber, Rayan Mendes, Tariq Hassan, Mexdi Abid (Gabriel Valentini, 90+1), Dia Saba (Yaqub al-Balushi, 43), Toze, Sebastyan Tagliabyue.
Chetlatishlar: Muhammad Marzuq (82), Glauber (36).

Hamyurtlarimizni chempionlik bilan tabriklaymiz!

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Shabab Al-Ahli" finalda g‘alaba qozondi. Masharipovdan "Panenka" uslubida gol!