23:18 / 10.04.2021
1 570

Messi uchun balki so‘nggi «Klasiko». G‘alaba – chempionlikka yaqinlashtiradi

Messi uchun balki so‘nggi «Klasiko». G‘alaba – chempionlikka yaqinlashtiradi
Ispaniya chempionatida «Barselona» ketma-ket oltita o‘yinda g‘alaba qozondi. Kuman La Liganing 19 uchrashuvida mag‘lubiyatga uchramadi, bu ajoyib seriya. «Real Madrid» chempionatda nisbatan yomonroq harakat qilmoqda – mag‘lubiyatsiz o‘yinlar soni to‘qqizta (yanvarda «Levante»ga o‘z uyida yutqizgan) va g‘alabalar seriyasi ham qisqaroq – atigi uchta bahs.

Chempionlar Ligasini erta tark etish «Barcelona»ning yangilangan tarkibi kayfiyatiga katta ta’sir ko‘rsatmadi. To‘g‘ri, Kuman va Messi uchun g‘alabalar oson qo‘lga kiritilgan emas, fevral oyida «Kadis»ga qarshi durangni hisobga olmaganda (ular birinchi turda ham mag‘lub bo‘lishgan, aynan shundan so‘ng muvaffaqiyatli seriya boshlangan) va keyingi oltita g‘alaba avval yo‘qotilgan ishonchni qaytarish uchun arzirli sabab hisoblanadi.

Himoya holati
«Real»da kadrlar muammosi mavjud. Ramos, Karvaxal va Varan asosiy himoyachilarning to‘rtdan uch qismi «Liverpul»ga qarshi o‘ynay olishmadi. Serxio va Daniel jarohat olishgan (garchi ikkinchisi qaytishga yaqin bo‘lsa ham), Rafael esa koronavirus bilan kasallangan.

So‘nggi etti uchrashuvning faqat bittasida Kurtua gol o‘tkazib yubormadi – «Eybar»ga qarshi. Ammo shunda ham belgiyalik to‘rtta seyvni amalga oshirdi.

«Barselona» chempionatda so‘nggi yetti o‘yindan to‘rttasini «quruq» o‘tkazdi. Ammo mavsum davomida deyarli farq yo‘q: «Real Madrid» 23ta, «Barselona» esa 24 ta gol o‘tkazib yuborgan.

Kuman Pike o‘rniga De Yong bilan uchta markaziy himoyachi taktikasini sinovdan o‘tkazdi. Zidan esa Nacho va Militao juftligini sinab oldi. Ayrim xatolarga qaramasdan himoyada yaxshi o‘ynashdi.

O‘zaro o‘yinlar
O‘zaro rasmiy o‘yinlarda «Real»da 97 g‘alaba, «Barselona»da esa 96 ta. 52 uchrashuv durang bilan yakun topgan. 21-asrda kataloniyaliklar orasidagi farqni minimal darajaga keltirishdi, hatto o‘tib ham ketishgandi. Ammo Zidan ketma-ket ikki marta g‘alaba qozondi va umumiy ustunlikni qaytardi.

Hujum ko‘rsatkichlari
Gollar borasida «Barselona» raqibidan sezilarli darajada oldinda – 17 ta gol. «Real» an’anaga ko‘ra kamroq uradi.

Shunisi e’tiborliki, Messi 23 ta aniq zarba bilan kataloniyaliklar gollarining 34 foizini kiritgan bo‘lsa, bu – Benzemada 18 ta gol bilan «qaymoqranglilar»ning 35 foizlik natajasini qayd etgan. Oddiy qilib aytganda, har uchinchi gol ularga tegishli.

Kumanda Grizmann va Dembele ham bor, ammo Zidan uchun Karimning yonida bunday goleador sheriklari yo‘q. La Ligadagi gollari soni bo‘yicha ikkinchi o‘rin yarim himoyachi – Kazemiroga tegishli (5 ta gol). Uchinchi o‘rinda doim ham asosiyda o‘ynamaydigangan Asensio – 4 ta gol.

Vaziyatlardan foydalanish
Nima uchun «Barcelona» va «Real Madrid» hali ham buyuk jamoalar ekanini tushuntirishga hojat yo‘q. Umumiy holatidan qat’i nazar, maydonda yuvilir pas bera oladigan Kroos yoki vaziyatni bir urinishda hal qila oladigan Messi kabi mahorat egalari bor.

Demak, bugun hisobni vaziyatdan foydalana olish darajasi belgilaydi.

Zarbalar soni borasida «Barselona» kutilganidek oldinda. Aniq zarbalar borasida ham kataloniyaliklarning ustunligi bor – har bir uchrashuvga 2,1 marta.

Kataloniyaliklar gollar miqdori jihatidan oldinda, ammo aniq amalga oshirish haqida gap ketganda, raqiblarning ko‘rsatkichi teng keladi.

G‘alaba jamoalarni chempionlikka yaqinlashtiradi
Ayni paytdagi turnir jadvalidagi holat La Liga chempionligi uchun kurash qizg‘in kechayotganini ko‘rsatmoqda. Birgina g‘alaba uch yetakchining o‘rinlarini o‘zgartirib yuboradi.

Agar kataloniyaliklar uch ochkoni qo‘lga kiritsa, «Atletiko»dan o‘tib ketishadi. Ertaga Simeoneni yevrokuboklarga chiqish imkoniyatini yo‘qotmagan «Betis»ga qarshi qiyin bahs kutmoqda.

Zidan jamoasi tajriba evaziga azaliy raqibining ancha oldinga ilgarilab ketishiga qarshilik ko‘rsatadi, Messi esa ehtimol o‘zining so‘nggi Klasikosida Kuman boshchiligidagi yangilangan «Barselona»ga klub «planka»sini ko‘rsatib ketadi.

P.S. Uchrashuv bugun, 10 aprel kuni Toshkent vaqti bilan 23:59da boshlanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Sport » Messi uchun balki so‘nggi «Klasiko». G‘alaba – chempionlikka yaqinlashtiradi