09:50 / 11.04.2021
2 489

"Real" kuchli yomg‘ir ostida kechgan "el-klasiko"da "Barselona"ni taslim qildi (video)

"Real" kuchli yomg‘ir ostida kechgan "el-klasiko"da "Barselona"ni taslim qildi (video)
Ispaniya La Ligasining 30-turida “Real” o‘z maydonida “Barselona”ni qabul qildi.

Madridda kechgan bu safargi “el-klasiko” 2:1 hisobida “qirollik klubi”ning g‘alabasi bilan yakunlandi. Shu kuni “Real” safida Karim Benzema (13') va Toni Kroos (28') o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ygan bo‘lsa, “Barsa”ning javob goliga Oskar Mingesa (60') mualliflik qildi.

Real Madrid – Barselona 2:1
Gollar:
1:0 – 13 Benzema, 2:0 – 28 Kroos, 2:1 – 60 Mingesa.

Real Madrid – Kurtua, Mendi, Militao, Nacho, Vaskes (Odriosola, 43), Modrich, Kroos (Isko, 72), Valverde (Asensio, 61), Kazemiro, Vinisius Junior (Marselo, 72), Benzema (Mariano Dias, 72).

Barselona – ter Shtegen, Dest (Grizmann, 46), Mingesa, Arauxo (Moriba, 72), Alba, Dembele (Breytueyt, 81), Buskets (Serdji Roberto, 64), Pedri (Trinkau, 81), de Yong, Langle, Messi.

Ogohlantirishlar: Pedri (23), Arauxo (26), Nacho (69), Alba (84), Kazemiro (89).
Chetlatish: Kazemiro (90).
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Real" kuchli yomg‘ir ostida kechgan "el-klasiko"da "Barselona"ni taslim qildi (video)