13:37 / 12.04.2021
2 289

Kechagi o‘yinda Shomurodov Ronaldu bilan bir xil ball oldi

Kechagi o‘yinda Shomurodov Ronaldu bilan bir xil ball oldi
Kecha Italiya A Seriyasi 30-turidan o‘rin olgan bir necha uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Ulardan birida biz o‘yinlarini kuzatib borayotgan "Jenoa" klubi amaldagi chempion "Yuventus" maydoniga safar qildi. Yakunda mezbonlar 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Italiya futbolini yoritishga ixtisoslashgan eng mashhur nashrlardan biri "La Gazzetta dello Sport" ushbu bellashuvdan keyin o‘z talqiniga ko‘ra futbolchilarga qo‘yilgan ballarni e’lon qildi. Eldor Shomurodov unda 5 ballga loyiq ko‘rildi.

Qizig‘i, turinliklar yulduzi Krishtianu Ronaldu ham aynan shuncha bahoga ega bo‘ldi. Mazkur uchrashuvda portugaliyalik hujumchi to‘liq harakat qildi. E’tiborlisi, hamyurtimiz 63-daqiqada Goran Pandev o‘rniga maydonga tushirilgandi.

Ma’lumot uchun, genuyaliklar turnir jadvalida 13-pog‘onani band etgan. Legionerimiz ushbu jamoa tarkibida ichki birinchilikda 3 ta gol va 1 assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Kechagi o‘yinda Shomurodov Ronaldu bilan bir xil ball oldi