15:15 / 12.04.2021
2 157

Diyor Imomxo‘jayev: "Istiqlol" klubi Pro ligada ishtirok eta olmasligini bildirdi

Diyor Imomxo‘jayev: "Istiqlol" klubi Pro ligada ishtirok eta olmasligini bildirdi
Farg‘onaning "Istiqlol" klubi yana Pro ligada ishtirok eta olmasligini bildirdi. Jamoa o‘tgan mavsum ham shunday qaror qilgandi. Biroq yakunda farg‘onaliklarning fikri o‘zgargandi. Endi esa ...

PFL bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo‘jayev telegramdagi sahifasida "Istiqlol" musobaqada qatnashmasligi borasida xat yo‘llaganini xabar berdi.

- Farg‘onaning "Istiqlol" futbol klubi jamoada yuzaga kelgan ichki vaziyat hamda iqtisodiy masalalar tufayli Pro liga musobaqasini davom ettira olmasligi yuzasidan xat berdi. Klub 2022 yilgi mavsumni Birinchi ligada o‘tkazish istagi bor ekani haqida ham yozgan.

Mazkur masala tegishli instansiya orqali tasdiqlangach, Reglamentning 8.9-bandiga asosan "Istiqlol" klubining joriy mavsumdagi o‘yinlari natijasi bekor qilinadi. Bungacha klub 4 ta uchrashuvda ishtirok etib, ularning barchasida imkoniyatni boy bergandi: Xorazm 1:2, Dinamo 1:2, Neftchi 0:2, Oqtepa 1:3.

"Istiqlol" 2020 yilgi mavsumda ham shunday xat bilan murojaat qilgan, sabab o‘rnida esa "Istiqlol" stadionidan foydalana olmayotganini ko‘rsatgandi. Keyinroq O‘zPFL va Farg‘ona viloyati hokimligi hamkorlikda bu masalani hal qilgandi.

"Istiqlol"ning rasman musobaqadan olinishi bo‘yicha tegishli tartibot amalga oshgach, bu haqda tashkilot rasmiy saytida rasman ma’lum qilinadi
, - dedi Diyor Imomxo‘jayev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Diyor Imomxo‘jayev: "Istiqlol" klubi Pro ligada ishtirok eta olmasligini bildirdi