13:19 / 13.04.2021
2 190

«Navbahor» jazolandi: klub ikki uchrashuvni muxlislarsiz o‘tkazadi

«Navbahor» jazolandi: klub ikki uchrashuvni muxlislarsiz o‘tkazadi
Foto: Anvar Ikromov
O‘zbekiston superligasining 5-tur uchrashuvi («Navbahor»-«Paxtakor») so‘nggida maydonda qator tartibsizliklar va kelishmovchilik yuzaga kelgandi.

O‘FA Tartib-intizom qo‘mitasining yig‘ilishida mazkur masalalar ko‘rib chiqildi. Jumladan, o‘yin so‘nggidagi voqealar sabab «Navbahor» navbatdagi ikkita uy uchrashuvini tomoshabinlarsiz o‘tkazadi.

Shuningdek, klub texnik direktori Mustafo Bayramov, darvozabonlar murabbiyi Pavel Sinelnikov stadionda tartibsizliklar kelib chiqishiga sabab bo‘lgan nojo‘ya xatti-harakatlar sodir etgani, jamoa ma’muri Abdurauf G‘ulomov uchrashuv yakunida raqib jamoa futbolchilari maydonni tark etayotgan vaqtda noprofessional tarzda ularni juda qo‘pol so‘zlar bilan haqorat qilgani uchun ularga nisbatan futbol klubi tomonidan ichki intizom chorasini qo‘llash to‘g‘risida yozma taqdimnoma kiritildi.

O‘z o‘rnida, «uchrashuv vaqtida «Paxtakor» futbol klubi rasmiy shaxslari tomonidan texnik zonani bir necha bor tark etib, stadionda tartibsizliklar kelib chiqishiga sabab bo‘lgan nojo‘ya xatti-harakatlari sodir etilgani, jamoa rasmiylari va ayrim futbolchilari uchrashuv bosh hakamini bir necha marta noma’qul so‘zlar bilan haqorat qilgani uchun klubga nisbatan O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Intizom kodeksining 5.4-bandiga muvofiq jarima intizom chorasi» belgilangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Navbahor» jazolandi: klub ikki uchrashuvni muxlislarsiz o‘tkazadi