22:59 / 14.04.2021
2 964

Piter Xyuistra: "Xatolardan xulosa chiqaramiz"

Piter Xyuistra: "Xatolardan xulosa chiqaramiz"
OCHL "B" guruhi 1-tur doirasidagi "Paxtakor" - "Traktor" (3:3) uchrashuvidan keyin "Paxtakor" bosh murabbiyi Piter Xyuistra o‘z fikrlarini bildirdi.

"Birinchi bo‘limda o‘yin asabiy kechdi. Bahsga kirishib ketishimiz biroz vaqt oldi. Ikkinchi bo‘limda ikkita tezkor gol o‘tkazganimizdan so‘ng o‘z o‘yinimizni namoyish qila boshladik. Afsuski, yana penaltidan to‘p o‘tkazib yubordik. G‘alabani qo‘ldan chiqarganimiz yomon, ammo 0:2dan keyin o‘yinga qaytdik. Shu sababli durang juda yomon natija emas.

G‘alaba qozonishga yaqin edik, biroq xatodan so‘ng darvozamizga ikkinchi penalti belgilandi. Balki, bu navbatdagi o‘yinlar uchun foydali bo‘lar. Xatolardan xulosa chiqaramiz, shunga yarasha tayyorgarlik ko‘ramiz
", – deydi Xyuistra.

Manba: "Paxtakor" matbuot xizmati

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Piter Xyuistra: "Xatolardan xulosa chiqaramiz"