18:18 / 15.04.2021
2 817

Diyor Imomxo‘jayev: Bu klubning noprofessional harakati ko‘plab rejalarni o‘zgartirib yubordi

Diyor Imomxo‘jayev: Bu klubning noprofessional harakati ko‘plab rejalarni o‘zgartirib yubordi
Xabaringiz bor, bundan bir necha kun oldin Pro-liga ishtirokchisi bo‘lgan Farg‘onaning "Istiqlol" klubi o‘z faoliyatini tugatayotgani haqida ma’lumot berilgan edi. O‘zbekiston Professional futbol ligasi Bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo‘jayev esa ushbu holat teletranslyatsiyalarga jiddiy ta’sir ko‘rsatayotgani haqida gapirdi.

"Qaysidir davrlarda biror klubning musobaqadan chiqib ketishi oddiy holat bo‘lgan. Ammo teletranslyatsiyalar masalasiga jiddiy e’tibor qaratayotgan bugungi holatimizda "Istiqlol" futbol klubining noprofessional harakati ko‘plab rejalarni o‘zgartirib yubordi.

Pro-liga 5-turidagi o‘zgarishlar sabab biz "Olimpik" va "Neftchi" ishtirokidagi 2 ta uchrashuv vaqtlarini, UzReport kanaliga tegishli KTS manzillarini o‘zgartirishga majbur bo‘ldik.

Shuningdek, O‘zbekiston Coca-Cola kubogi turnirida ham o‘zgarishlar yuzaga keldi. Tezlik bilan "Chig‘atoy" — "G‘ijduvon" uchrashuvini tashkil etishimizga to‘g‘ri keldi. Sport-TV o‘z ishchi guruhini Andijon-Farg‘ona-Namangan ketma-ketligida yo‘lga chiqarishni rejalashtirgandi. O‘rtadagi uzilish esa holatga ta’sir ko‘rsatdi, o‘yinlar vaqtini klublarga vaqtida taqdim etish imkoni bo‘lmadi
", - deb yozmoqda Diyor Imomxo‘jayev o‘z telegram sahifasida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Diyor Imomxo‘jayev: Bu klubning noprofessional harakati ko‘plab rejalarni o‘zgartirib yubordi