16:53 / 15.04.2021
1 304

O‘zbekistonlik 7 nafar og‘ir atletikachi doping sabab 4 yilga diskvalifikatsiya qilindi

O‘zbekistonlik 7 nafar og‘ir atletikachi doping sabab 4 yilga diskvalifikatsiya qilindi
Foto: Yandex Photos
Og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasining yetti nafar vakili antidoping qoidalarini buzgani sabab 4 yil muddatga diskvalifikatsiya qilindi. Bu haqda O‘zbekiston milliy antidoping agentligi (UzNADA) matbuot xizmati ma’lum qildi.

UzNADA huzuridagi Axloq bo‘yicha komissiyasining qaroriga ko‘ra O‘zbekiston og‘ir atletika terma jamoasi a’zolari Mansur Almurodov (73 kg), Shaxmerdan Kemalov (+109 kg), Hayotbek Zokirov (96 kg), Mahmudbek Yusupov (+109 kg), Hikmatillo Fazliddinov (81 kg), Fozilbek Jumanazarov (96 kg) va Xudoyor Meliqo‘ziyev (67 kg) to‘rt yil muddatga diskvalifikatsiya qilingan.

Yuqoridagi sportchilarning 2020 yil 15 oktabrda topshirgan qon tahlillarida anabolik steroid gormonlar guruhiga mansub metandiyenon, metasteron, testosteron, kanrenon kabi taqiqlangan moddalar aniqlangan.

Sportchilarning diskvalifikatsiyasi 2021 yil 31 martdan boshlanib, 2025 yil 30 martga qadar davom etadi. Shuningdek, ularning 2020 yil 15 oktabrdan keyin qo‘lga kiritgan barcha medallari va reyting ochkolari bekor qilinadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Sport » O‘zbekistonlik 7 nafar og‘ir atletikachi doping sabab 4 yilga diskvalifikatsiya qilindi