20:35 / 15.04.2021
2 162

"So‘g‘diyona" va "Mash’al" uchrashuvida jangovar durang qayd etildi

"So‘g‘diyona" va "Mash’al" uchrashuvida jangovar durang qayd etildi
O‘zbekiston Superligasi 6-turidan o‘rin olgan «So‘g‘diyona» - «Mash’al» uchrashuvi o‘z yakuniga yetdi. Unda 2:2 hisobi qayd etildi.
Dastlab, Jasur Hasanov jarimani qoyilmaqom ijro etib, hisobni ochdi. Oradan ko‘p o‘tmay, Shohruz Norxonov penaltini aniq amalga oshirib, hisobdagi farqni oshirdi. Mehmonlar safida Samuel Chigoziye ushbu gollarga 1 bor javob qaytarishni uddaladi. Uchrashuvnng 90+1 daqiqasida mezbonlar futbolchisi Luka Chermel avtogol qayd etdi.
Shunday qilib, «So‘g‘diyona» ochkolari sonini 12 taga yetkazdi va 2-o‘rinni mustahkamladi. Muborakliklar 5 ochko bilan 10-pog‘onaga ko‘tarildi.

"So‘g‘diyona" – "Mash’al"  - 2:2
Gol: 19 - Jasur Hasanov 1:0, 24 - Shohruz Norxonov 2:0, 37 - Samuel Chigozi 2:1, 90+1 Luka Chermel (avtogol) 2:2

"So‘g‘diyona": 1.Shirinboy Abdullayev, 4.Elyor Oripov, 5.Ayubxon Nomanov, 6.Iskandar Shaykulov (9.Oybek Nurmatov, 83), 10.Shohruz Norxonov, 11.Jasur Hasanov, 19.Javohir Qahramonov(7.Arslanmirat Amanov, 64), 20.Bahodir Nasimov(8.Jamshid Boltaboyev, 60), 31.Luka Chermel, 63.Asiljon Begimqulov, 93.Marko Kolakovich.
Zaxira: 37.Alisher Pirmatov, 17.Shahboz Jo‘rabekov, 28.Ergash Ismoilov, 77.Sahob Rashidov.

"Mash’al": 12.Shohruh Eshbo‘tayev, 2.Zafarbek Akramov (21.Ukeme Uilyams, 79), 5.Najmiddin Normurodov(13.Shahzod Shaymanov, 27), 7.Ifeani Ifeani, 10.Humoyun Murtozayev, 11.Samuel Chigozi, 17.Jamoliddin Ubaydullayev, 18.Abbos Shodmonov, 22.Sirojiddin Qo‘ziyev, 23.Samandar Shukurullayev, 27.Muhammadali Yuldashev (9.Doniyor Usmonov,59).
Zaxira: 1.Botir Nosirov,   15.Muhammadali Aliqulov, 20.Xudoyorxon Sagdullayev,  99.Jahongir Abdusalomov.
Ogohlantirish: Najmiddin Normurodov 18, Jamoliddin Ubaydullayev 22, Shahzod Shaymanov 57, Iskandar Shaykulov 76.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "So‘g‘diyona" va "Mash’al" uchrashuvida jangovar durang qayd etildi