22:45 / 15.04.2021
1 999

Rufat Akramxo‘jayev: "Nasaf" bilan o‘yinda futbolchilarimizning darajasi qandayligi bilindi"


Superliganing oltinchi turidan o‘rin olgan "Nasaf" - "Surxon" (6:0) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Rufat Akramxo‘jayev fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Nasaf" jamoasini g‘alaba bilan tabriklayman. Ushbu uchrashuv futbolchilarimizning darajasini ko‘rsatib qo‘ydi. Taktik va jismoniy tomondan qay darajada tayyorligi bilindi. Birinchi bo‘limda hammasi ko‘ngildagidek bo‘ldi. Ikkinchi bo‘lim boshidagi ikkita gol hammasini o‘zgartirib yubordi. Bu ruhiy tomondan ham yigitlarga ta’sir qildi.
So‘nggi uchrashuvlarda o‘yinimiz qovushmayotganiga sabab sifatida biror narsani ko‘rsata olmayman. Qaysidir joyda bizdan omad yuz o‘girmoqda. Yana nimadir yetishmayapti. O‘tkazib yuborgan gollarimiz futbolchilarga ruhiy tomondan zarba bo‘ldi. "Nasaf" jamoasi qanotlarda yaxshi hujumlar tashkil qilishini bilar edik. Goldan so‘ng o‘yin suratini o‘zgartirib hisobni tenglashtirish uchun harakat qildik. Afsuski bunga erisha olmadik.
Bu yildan yoshlarga e’tibor qaratishni boshladik. Jamoamizda 3-4 nafar tajribali ijrochi bor. Ularning yordamiga tayanamiz", - deydi Rufat Akramxo‘jayev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Rufat Akramxo‘jayev: "Nasaf" bilan o‘yinda futbolchilarimizning darajasi qandayligi bilindi"