23:25 / 16.04.2021
2 188

Islombek Ismoilov: "Navbahor" bilan durang adolatli natija bo‘ldi"


Superliganing 6-turidan o‘rin olgan "Navbahor" - "Turon" (0:0) uchrashuvidan keyin mehmonlar murabbiyi Islombek Ismoilov o‘z fikrlarini bildirdi.
- Barchani kirib kelgan Ramazon oyi bilan tabriklayman. Bugun durang adolatli natija bo‘ldi. Har ikki jamoada qator vaziyatlar yaralgan bo‘lsada, ulardan foydalana bilmadik. Garchi o‘yin muxlislarsiz o‘tgan bo‘lsada, u ancha jangovar ruhda o‘tdi, - deydi Islombek Ismoilov.

- "Navbahor" doimo o‘z uyida raqiblariga jiddiy qiyinchilik tug‘diradi, chunki jamoaning muxlislari yaxshi qo‘llab-quvvatlashadi. Lekin baribir, maydonda asosiy ishni futbolchilar bajarishadi. Har ikki jamoaga ochko suv va havodek zarur edi. Bizgayam, mezbonlarga ham g‘alaba kerak edi. Shu bois, har ikki jamoa ehtiyotkorlik bilan to‘p surishdi. Jamoa yillar davomida shakllanadi, buning uchun vaqt kerak. Jamoada ko‘plab legionerlar bor, til borasida muammo bor. Futbol - bu muloqot, futbolchilar maydonda o‘zaro muloqot qilib o‘ynashlari kerak. Shu masalada biroz muammo tug‘ilmoqda. Bugungi asosiy vazifamiz gol o‘tkazib yubormaslik edi, buni bajardik. Lekin ikkinchi vazifa gol urishni uddalay olmadik.

- To‘g‘ri, bugun yosh futbolchilarni maydonga tushirdik. Asilbek Qayumov Superligada debyut qildi, asta-sekin o‘z o‘yinini topib oladi. Bilol Toshmirzayev haqida ham shunday fikr bildirishim mumkin. Bu futbolchilar shu kungacha Superliga havosini ko‘rmagan, lekin vaqt o‘tgani sari elitaga ko‘nikib olishadi.

- Karikarini almashtirishimizga sabab, o‘yin davomida ko‘rdikki, har ikki jamoa asosiy e’tibor uzun uzatmalarga qaratdi. Bizning futbolchilar ikkinchi qavatdagi kurashlarda yutqazishdi. Karikari Azimjon Ahmedov bilan kurashda yutqazdi. Shuning uchun uni almashtirdik.

- G‘iyos Komilovda jarohat bor edi. Jahongir Mehmonovni esa bugungi o‘yindagi holatdan kelib chiqib, boshqa futbolchilarimizga imkoniyat berdik. Mehmonov tajribali futbolchi, uning keyingi o‘yinlarda foydasi tegishiga ishonaman, - dedi Islombek Ismoilov "Navbahor" matbuot xizmatiga.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Islombek Ismoilov: "Navbahor" bilan durang adolatli natija bo‘ldi"