23:43 / 16.04.2021
2 507

Viktor Jalilov: "Darvozabonimizning mustahkam o‘yini bo‘lmaganda, bugun yutqazishimiz ham mumkin edi"


Superliganing 6-turidan o‘rin olgan "Navbahor" - "Turon" (0:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mezbonlar ustozi Viktor Jalilov o‘z fikrlarini bildirdi.
- Birinchi navbatda, muxlislarimizdan uzr so‘ramoqchiman. Juda yomon o‘yin o‘tkazdik. Joriy mavsum bunday yomon o‘yin o‘tkazmagandik. Albatta, bu holatimiz yaxshi emasligimizdan dalolat. To‘pni yo‘qotishdan qo‘rqish, to‘p o‘tkazib yuborishdan hayiqish kuzatilmoqda. AGMK va "Lokomotiv" bilan bahslardagi o‘yin yo‘q. Bularning bari ruhiy holat bilan bog‘liq deb o‘ylayman, - deydi Viktor Jalilov "Navbahor" matbuot xizmatiga.

- Raqib yaxshi shakllangan jamoa. "So‘g‘diyona" bilan o‘yinda mojaroli gol o‘tkazib yuborishgandi, "Lokomotiv" bilan o‘yinda g‘alabani boy berishgandi. "Turon"dagi tashkilotchilik va o‘yindan kelib chiqsak, uning hozir egallab turgan o‘rni o‘ziga mos emas. Albatta, bugungi xatolarni o‘rganib chiqamiz, kamchiliklarni bartaraf etamiz. Jamoamizning uchta o‘yindan buyon g‘alaba qozonmayotgani, ishonchning yo‘qolayotganidan dalolat. Bu ruhiy holat bilan bog‘liq. Agar bugun darvozabonimizning mustahkam o‘yini bo‘lmaganda, bugun yutqazishimiz ham mumkin edi.

- AGMK va "Paxtakor" bilan o‘yinlardan keyin futbolchilarimizning o‘ziga ishonchi ortishiga umid qilgandik. Ammo afsuski, futbolchilarimizda o‘zlariga ishonch yetishmayapti. Bu meni ham hayron qoldirmoqda. O‘rta chiziq va hujumdagilar negadir o‘zlarini ko‘rsata olishmayapti.

- Hujumchilar masalasidagi savolga vaziyatning o‘zi javob berib turibdi. 6 ta o‘yinda o‘yindan atigi 2 ta gol urdik. Panshanbe va Isoqjonovning gollaridan boshqa gol urolmadik. Shundan ham muammo ko‘lami qandayligini bilib olish mumkin, - deya fikrlarini yakunladi Viktor Jalilov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Viktor Jalilov: "Darvozabonimizning mustahkam o‘yini bo‘lmaganda, bugun yutqazishimiz ham mumkin edi"