14:00 / 18.04.2021
2 572

You Tube blogeri sobiq "Bellator" chempionini qanday nokautga uchratdi (video)


Hozirgi vaqtda profescional boksda nafaqat bokschilar balki boshqa soha vakillari ham ko‘rgazmali janglarda ishtirok etmoqda. Xususan, ana shunday mashhur "You Tube" blogerlardan biri Jek Pol bugun yana ringga ko‘tariladi. Unga MMA jangchisi, “Bellator” chempioni Ben Askren raqiblik qildi.

Atlanta shahridagi "Mersedes Benz" arenasida o‘tkazilgan jang oqshomi translyatsiya narxi 49.9 dollar qilib belgilangan edi. Ushbu jang uzoq cho‘zilmadi. Jek Pol Askrenni 1 raunddayoq nokautga uchratdi.

Jek Pol shu kunga qadar 2 bora ko‘rgazmali janglarda ishtirok etgan. Dastlab, u 2020 yil 30 yanvar kuni hamyurtimiz Murodjon Ahmadaliyev bilan bir kechada boshqa bir bloger Enson Gibni mag‘lub etgan bo‘lsa, 24 noyabr kuni Mayk Tayson va Roy Jons jang kechasida mashhur basketbol yulduzi Neyt Robinsonni chuqur nokautga uchratgan edi.

Ben Askren esa mashhur MMA jangchisi bo‘lib sobiq “Bellator” jangchisi hisoblanadi. U UFC promoushenda ham uch marta jang o‘tkazib, ikkitasida imkoniyatni boy bergan. Askren bu safar ko‘rgazmali jangda o‘zini sinab ko‘rdi va yana undan omad yuz o‘girdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » You Tube blogeri sobiq "Bellator" chempionini qanday nokautga uchratdi (video)