22:48 / 18.04.2021
3 247

"Jenoa" bosh murabbiyi "Milan"ga boy berilgan o‘yin haqida nimalar dedi?


Italiya A Seriyasining 31-turi doirasida kechgan "Milan" - "Jenoa" bahsi mezbonlarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. O‘yindan keyin genuyaliklar bosh murabbiyi quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi:
"Barchamiz natijadan norozimiz, ammo o‘z o‘yinimizdan xursandmiz. Biz yaxshi futbol namoyish eta olmoqdamiz. Eng muhimi ham shu: natijalar sekin-asta kelaveradi.

"Jenoa" bu qadar yuqori sifatli futbol o‘ynamay qo‘yganiga ancha bo‘lib ketgandi. Uyga quruq qo‘l bilan qaytyapmiz, bundan juda ranjidik. Ammo ko‘nglimiz xotirjam bo‘lgan holda, keyingi o‘yinga tayyorlanishimiz mumkin. Sababi, biz katta jamoalarga qarshi munosib turib bera olyapmiz.

Tarkibimizda 10 ta himoyachi bor. Lekin ularning hech biri markaziy himoyada "yotib oladigan"lar sirasiga kirmaydi. Bugun Gilone orqa chiziqni nazorat qilishga harakat qildi.

Jamoalar o‘z o‘yin uslubini futbolchilardan kelib chiqib tuzadi. Qo‘l ostimdagi futbolchilar bilan 3-5-2 taktikasida o‘ynashdan boshqa choram yo‘q. Bizda markaziy himoyachilar va markaziy hujumchilar ko‘p.

Destro o‘z mehnatlari samarasini olmoqda. Mashg‘ulotlarda juda faol, jamoaga jonkuyar va o‘ziga nisbatan juda talabchan. Mattia singari "qotil" hujumchilar faqat talant orqaligina bu darajaga erishadi. U tug‘ma hujumchi", - dedi Ballardini.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Jenoa" bosh murabbiyi "Milan"ga boy berilgan o‘yin haqida nimalar dedi?