10:15 / 19.04.2021
2 025

Yevropa klublari yangi Superliga tashkil etilganini e’lon qilishdi


Yevropaning 12 klubi yangi Superliga tuzilganini rasman e’lon qildi. Bu klublar UYEFAning YECHLni tashkil etishidan qoniqmaganini aytib, yangi liga tuzilganini e’lon qildi.

Quyidagi jamoalar Yevropa Superligasida ishtirok etishi ma’lum:
Ispaniyadan
«Real» «Barselona», «Atletiko»;
Italiyadan «Milan», «Inter», «Yuventus»;
Angliyadan «Arsenal», «Chelsi», «Liverpul», «Manchester Siti», «Manchester Yunayted» va «Tottenhem».

Yangi tuzilgan Superliga prezidenti Florentino Peres bo‘ladi. Klublar bu musobaqani tashkil eta olishsa, uning o‘yinlaridan tushadigan foyda o‘zaro teng taqsimlanadi. Bu klublar UYEFA YECHLdan tushadigan daromadlarni noto‘g‘ri taqsimlashidan norozi bo‘lishgan.

O‘z navbatida UYEFA Superliga tuzilishini qabul qilmasligini, bu musobaqada o‘ynaydiganlar Yevropa va jahon miqiyosidagi o‘yinlardan diskvalifikatsiya qilinishi mumkinligini ma’lum qildi. Shuningdek, tashkilot Superliga taklifini qo‘llamagan Germaniya va Fransiya klublariga minnatdorchilik bildirgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Yevropa klublari yangi Superliga tashkil etilganini e’lon qilishdi