15:53 / 19.04.2021
1 151

«Tottenhem» Joze Mourinoni iste’foga chiqardi

«Tottenhem» Joze Mourinoni iste’foga chiqardi

«Tottenhem» bosh murabbiyi Joze Mourino londonliklar boshqaruvini tark etadi. «Shporlar» rahbariyat portugaliyalik mutaxassisni iste’foga chiqargan, deya xabar qilmoqda The Athletic.

Shuningdek ushbu xabar boshqa bir qator OAV tomonidan ham tasdiqlandi. Xabarlarga ko‘ra, Mourinoning iste’fosi «Tottenhem»ga 30 million funtga tushadi.

«Tottenhem» Premer Liga so‘nggi 6 o‘yinida faqat bitta g‘alaba qayd etgan (2 durang, 3 mag‘lubiyat). Jamoa 32-turdan keyin 50 ochko bilan 7-o‘rinda bormoqda.

Bundan tashqari londonliklar Yevropa Ligasida «Dinamo Zagreb» to‘sig‘idan o‘ta olmay, 1/8 finaldayoq musobaqa bilan xayrlashdi.

Mourino «Tottenhem»ga 2019 yilning noyabrida kelgandi. U jamoada Maurisio Pochettinoning o‘rnini egallagandi. 2019/20 yilgi mavsumni jamoa 6-o‘rinda yakunladi. U faoliyati davomida “Portu”, “Chelsi”, “Real”, “Inter” va “Manchester Yunayted” singari grand klublarni boshqargan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Sport » «Tottenhem» Joze Mourinoni iste’foga chiqardi