17:23 / 21.04.2021
2 948

Turkiya Turkiylar Superligasini tashkil qilmoqchi. Unda O‘zbekistondan ham jamoalar qatnashadimi?


Loyiha bundan oldin yaratilgan Yevropa Superligasi yoki basketboldagi Yevroliga kabi bo‘lishi kerak, ammo faqat turkiy mamlakat jamoalaridan.

Bu haqda Turkiya futbol federatsiyasi tashqi aloqalar qo‘mitasi a’zosi Gyurkan Teoman "Ajansspor"ga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Ta’kidlash joizki, 14 aprel kuni Turkiya qo‘mitasi a’zolari (Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Turkmaniston) futbol federatsiyalari o‘rtasidagi shartnoma imzolandi, unga ko‘ra, maxsus uchrashuvlar, o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari va musobaqalar o‘tkaziladi, shuningdek infrastrukturani ham rivojlantirishga yordam beriladi va hokazo.

"Turon Kubogi" deb nomlanadigan musobaqani oldinroq o‘tkazish rejalashtirilgan edi, ammo pandemiyasi sabab uni to‘xtatib turishgan to‘g‘ri keldi", - deydi Teoman. Uning so‘zlariga ko‘ra, loyihaning bosqichma-bosqich rasmiylashtirish rejalashtirilgan va buning uchun zarur bo‘lgan barcha narsalar amalga oshiriladi. Bu borada FIFA va UYEFA bilan bog‘liq muammolar bo‘lmasligi kerak.

Musobaqaga mustaqil turkiy davlatlardan jamoalar, shuningdek Qozonning "Rubin", Eronning Ozarbayjon provitsiyasidan "Traktor" va Shimoliy Kipr jamoalari taklif etiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Turkiya Turkiylar Superligasini tashkil qilmoqchi. Unda O‘zbekistondan ham jamoalar qatnashadimi?