02:05 / 22.04.2021
2 415

OCHL. AGMKdan superkambek va tarixiy g‘alaba!


Osiyo Chempionlar Ligasi A guruhi 3-turidan o‘rin olgan AGMK - "Shabab Al-Ahli" uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. Nihoyat vakillarimiz OCHLdagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi: o‘yinda 2:1 hisobi qayd etildi!

Uchrashuvning 28-daqiqasida AGMK jarima maydonchasi ichidagi palapartishlikdan unumli foydalangan Alhashmi hisobni ochdi. Shu hisob 87-daqiqaga qadar o‘zgarmadi. Biroq olmaliqliklar ayni shu paytda bor kuchini ishga solib, oldinga o‘tdi va "kambek" amalga oshirishga muvaffaq bo‘ldi! 87 hamda 90+1-daqiqalarda urilgan 2 gol vakillarimizga g‘alaba keltirdi. Bravo!

AGMKning 2 goliga Jokich hamda Komilov mualliflik qildi. Shu tariqa, o‘zbek klublarining OCHLdagi ilk g‘alabasi qo‘lga kiritildi. Qolgan o‘yinlarda ham ularga omad tilaymiz!

AGMK - "Shabab Al Ahli" 2:1
Gollar:
Ahmad al-Hashmi (28, 0:1), Yovan Jokich (87, 1:1), Akramjon Komilov (90+1, 2:1).

AGMK: 32.Suhrob Sultonov - 77.Dilshod Ahmadaliyev, 8.Bobur Yo‘ldoshev, 7.Sardor Rahmonov, 2.Akrom Komilov - 23.Yovan Jokich, 17.Sanjar Tursunov (5.Dilshod Jo‘rayev, 75), 4.Mirjamol Qosimov (22.Sanjar Shoahmedov, 75) - 94.Elvin Fortes (10.Husniddin G‘ofurov, 46), 9.Zafar Polvonov (18.Aleksandr Kasyan, 30), 28.Shohruh Gadoyev (11.Murod Toshmatov, 79).
Zaxira: 1.Botirali Ergashev - 15.Abbos Otaxonov, 19.Sheroz Jalolov, 20.Mirg‘iyoz Sulaymonov, 21.Sanjar Jumaboyev.

"Shabab Al Ahli": 55.Majid Nosir, 2.Salmin Hamis (21.Muhammad Jobir, 76), 3.Karlos Eduardo, 4.Muhammad Marzuq, 5.Volid Abbos, 7.Jaloliddin Masharipov, 9.Abdulaziz Haykal, 15.Abdalla Al Naqbi, 34.Xarib Abdalla (78.Yeyd Hamis, 82), 77.Ahmed Al Hashmi (99.Igor Jesus 82), 88.Majid Hassan.
Zaxira: 1.Jamol Ismoil, 17.Hassan Hamza, 22.Yahyo Al Gassani, 30.Muhammad Juma, 37.Ahmad Surur, 62.Abdulaziz Sanqur, 66.Saud Abulrazoq.
Ogohlantirish: Jokich (27), Rahmonov (55), Komilov (57).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » OCHL. AGMKdan superkambek va tarixiy g‘alaba!