21:46 / 23.04.2021
2 414

"Shabab Al-Ahli" murabbiyi AGMKga qarshi o‘yin oldidan nimalar dedi?


Osiyo chempionlar ligasi "A" guruhi 4-tur doirasidagi "Shabab Al-Ahli" - AGMK uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanida dubayliklar bosh murabbiyi Mahdi Ali ishtirok etdi.

"Ertaga bizni muhim va qiyin o‘yin kutmoqda. Jadvaldagi o‘rnimizni yaxshilab, pley-offga chiqish imkoniyatimizni saqlab qolish uchun g‘alaba qozonishdan boshqa ilojimiz yo‘q. Navbatdagi bahslarda ijobiy natijaga erishish kerak.

AGMKga qarshi dastlabki o‘yinda biz yaxshiroq harakat qildik. 5ta aniq golli vaziyatdan foydalana olmadik. Raqib esa uchrashuv so‘ngida imkoniyatlardan foydalanib, gollar urib ketdi. Besh nafar asosiy futbolchilarimiz yo‘qligi sezildi.

Jamoam ko‘plab imkoniyatlar yaratmoqda, bu degani biz raqib jarima maydonigacha kirib borib,  gol ham ura olamiz. Har bir uchrashuvda g‘alaba uchun borimizni berib harakat qilamiz. Ertangi g‘alaba bizga keyingi bosqichga chiqish umidini qaytaradi
", - dedi murabbiy.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Shabab Al-Ahli" murabbiyi AGMKga qarshi o‘yin oldidan nimalar dedi?