23:20 / 23.04.2021
2 675

Boks bo‘yicha jahon chempionatida jami nechta medal qo‘lga kiritildi?


Polshada yakuniga yetgan boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida O‘zbekiston qizlar va o‘g‘il bolalar terma jamoasi to‘liq tarkibda ishtirok etdi.

Qizlarimizdan -54 kg vazn toifasida Nigina O‘ktamova jahon chempionati ilk oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, -64 kg vaznda Mohinabonu Abdullayeva kumush medal sohibiga aylandi.

Bundan tashqari, yana 4 nafar qizlarimiz -57 kgda Sitora Turdibekova, -60 kgda Dilfuza Bekova, -75 kgda Sohiba Ro‘zmetova va -69 kg vaznda Hadichabonu Abdullayeva bronza medaliga ega bo‘ldilar.

Bu borada yigitlarimizda garchi medallar soni kamroq bo‘lsada chempionlar soni ko‘proq bo‘ldi.
Finalga qadar barcha raqiblarini mag‘lub etgan holda yetib kelgan -52 kg vaznli bokschimiz Shahzod Muzaffarov so‘ngi jangda ham o‘z so‘zini aytdi va musobaqa g‘olibi bo‘ldi.

Eng og‘ir vazn toifasida hisoblangan +91 kg vaznda Jahongir Zokirov finalda raqibini muddatidan avval mag‘lub etgan holda yurtimizga ikkinchi oltin medalni keltirdi.

Shuningdek, -69 kgda ishtirok etgan Alohon Abdullayev va -81 kg vazn toifasida Shohjahon Abdullayev musobaqaning bronza medallariga ega chiqdilar.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Boks bo‘yicha jahon chempionatida jami nechta medal qo‘lga kiritildi?