11:20 / 24.04.2021
2 224

«Gubernator kubogi-2021»da besh nafar bokschimiz finalga chiqdi


Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida boks bo‘yicha «Gubernator kubogi-2021» musobaqa hal qiluvchi pallaga kirdi. Hozirda musobaqaning finaliga yo‘l olgan bokschilar nomi ma’lum bo‘ldi.

Yarim finalga 6 nafar bokschimiz yetib kelgandi. Final yo‘llanmasi uchun kechgan janglarda faqat Bobousmon Baturov imkoniyatni boy berib qo‘ydi va bronza medali bilan kifoyalandi. Qolgan vakillarimiz bugun Toshkent vaqti bilan 19:00 da start oladigan final bahslarida oltin medal uchun ringga ko‘tarilishadi.

-49 kg: Nodirjon Mirzahmedov – Edmond Xudoyan (Rossiya) 5:0
-52 kg: Shahobiddin Zoirov – Amit (Hindiston) 5:0
-57 kg: Miraziz Mirzahalilov – Maksim Chernishov (Rossiya) 5:0
-60 kg: Abdumalik Xalakov – Dorin Buksha (Moldova) 5:0
-69 kg: Bobousmon Baturov – Aslanbek Shimbergenov (Qozog‘iston) 2:3
+91 kg: Bahodir Jalolov – Andrey Stoskiy (Rossiya) 5:0

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Gubernator kubogi-2021»da besh nafar bokschimiz finalga chiqdi