22:30 / 24.04.2021
2 855

Eldor Shomurodov o‘zbek muxlislariga salom yo‘lladi


Italiya A Seriyasining 33-turida "Jenoa" "Spetsiya"ni 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Uchrashuvda ikkinchi golni urgan Eldor Shomurodov quyilagi fikrlarni bildirib o‘tdi:

"Ha, bugun gol urganimdan juda ham xursandman. Ushbu golni o‘g‘limga bag‘ishlayman. Barcha o‘zbekistonliklarga salom. “Jenoa”ga muxlislik qilishda davom eting. Xudo xohlasa, yanayam yaxshi o‘yinlar bilan xursand qilishga harakat qilamiz", - dedi Eldor.

O‘zbekistonlik futbolchi A Seriyadagi so‘nggi ketma-ket 9 ta o‘yinida gol ura olmagandi. Bu seriya 10-o‘yinga kelib buzildi. So‘nggi bor Eldor «Verona»ga qarshi kechgan 20 fevral kungi o‘yinda (2:2) gol urgandi.

Shu tariqa Shomurodovning 429 daqiqa davom etgan golsiz seriyasi yakun topdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Eldor Shomurodov o‘zbek muxlislariga salom yo‘lladi