04:41 / 25.04.2021
2 775

Masharipovning assistlari AGMKni so‘nggi o‘ringa tushirib yubordi


Osiyo Chempionlar Ligasi 4-turidan o‘rin olgan "Shabab Al-Ahli" - AGMK o‘yini o‘z nihoyasiga yetdi. Uchrashuv dubayliklarning 3:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Dastlab, vakillarimiz tezkor 2 gol o‘tkazib yuborganiga qaramay, unga tezkor javob berishga muvaffaq bo‘lishdi, biroq Masharipovning sa’y-harakatlari evaziga kiritilgan gol barchasiga deyarli nuqta qo‘ydi.

Gollarga "Shabab Al-Ahli" tarkibida Suhayl, Eduardo hamda Alhashmi mualliflik qilgan bo‘lsa, AGMKning yagona goli Shohrux Gadoyev nomiga yozildi.
Guruhdagi 2-o‘yinda "Istiqlol" "Al-Hilol"ni 4:1 hisobida mag‘lub etdi.

"Shabab Al Ahli" - AGMK 3:1
Gollar:
Xarib Abdalla (3, 1:0), Karlos Eduardo (11, 2:0), Shoxruh Gadoyev (14, 2:1), Ahmad al-Hashmi (30, 3:1).

AGMK: 32.Suhrob Sultonov - 77.Dilshod Ahmadaliyev (20.Mirg‘iyoz Sulaymonov, 35), 8.Bobur Yo‘ldoshev, 7.Sardor Rahmonov, 2.Akrom Komilov - 23.Yovan Jokich, 17.Sanjar Tursunov (5.Dilshod Jo‘rayev, 74), 4.Mirjamol Qosimov (22.Sanjar Shoahmedov, 46) - 94.Elvin Fortes (21.Sanjar Jumaboyev, 52), 18.Aleksandr Kasyan, 28.Shohruh Gadoyev (10.Husniddin G‘ofurov, 46).
Zaxira: 1.Botirali Ergashev - 9.Zafar Polvonov, 11.Murod Toshmatov, 15.Abbos Otaxonov, 19.Sheroz Jalolov.

"Shabab Al Ahli": 55.Majid Nosir, 2.Salmin Hamis, 3.Karlos Eduardo (4.Muhammad Marzuq, 76), 5.Volid Abbos, 7.Jaloliddin Masharipov, 15.Abdalla Al Naqbi, 34.Xarib Abdalla (22.Yahyo Al Gassani, 90+1), 36.Hamdan Al Kamoli, 62.Abdulaziz Sanqur, 77.Ahmed Al Hashmi, 88.Majid Hassan.
Zaxira: 17.Hassan Hamza, 9.Abdulaziz Haykal, 21.Muhammad Jobir, 30.Muhammad Juma, 66.Saud Abulrazoq, 78.Yeyd Hamis, 99.Igor Jesus, Ahmad Jamil.
Ogohlantirish: Majid Nosir (15), Sardor Rahmonov (28), Sanjar Tursunov (41), Volid Abbos (90).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Masharipovning assistlari AGMKni so‘nggi o‘ringa tushirib yubordi